Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Everton" "Manchester Yunayted" iqtidorini sotib olmoqchi

"Everton" "Manchester Yunayted" iqtidorini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

"Everton" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jeyms Garner uchun 14-15 million funt to‘lashga tayyor. Futbolchi "Manchester Yunayted" yoshlar jamoasida o‘ynaydi, shuningdek, Angliyaning 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Biroq “Everton” APLning boshqa klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Futbolchiga "Tottenxem" va "Nottingem Forest" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda "Siti Ground"da ijara asosida o‘ynadi. Futbolchi jamoasining 49 uchrashuvida 4 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:56, 16.08.2022.
O'qildi: 1978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик