Ispaniyalik himoyachi Serxio Gomes joriy transfer oynasida "Manchester Siti" safiga qo‘shildi. 21 yoshli futbolchining transferi haqida “shaharliklar” sport direktori Chiki Begiristayn gapirdi.
“Bu futbolchi so‘nggi yillarda jadal rivojlandi. Serxio - katta salohiyatga ega ajoyib himoyachi. U himoya chizig‘imizga yangi idealarni olib kirishiga ishonamiz.
Gomes Gvardiola qo‘l ostida yaxshilanishda davom etadi. Biz uni imzolashga muvaffaq bo‘lganimizdan xursandmiz", - deydi funksioner.













