"Salernitana" "Vilyarreal" hujumchisi Bulay Diani ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Italiya klubi 25 yoshli senegallik futbolchining ijarasi uchun 1 million yevro to‘laydi. "Salernitana" shuningdek futbolchini 12 million yevroga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Tez orada kelishuv rasman e’lon qilinadi.
2021/22 yilgi mavsumda Dia "Vilyarreal" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt.com portali hujumchining narxini 12 million yevroga baholamoqda.













