Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Erling Xoland naq uch o‘t orasida! U qay birini tanlarkin?

Erling Xoland naq uch o‘t orasida! U qay birini tanlarkin?

Baho:
+ | -

Shu kunlarda dunyoning uchta sport-tovarlari, xususan, butsa ishlab chiqaruvchi yirik korxonalari bo‘lmish, Nike, Adidas hamda Puma Erling Xolandga shartnoma taklif etish borasida kurashga kirgan. Ularning maqsadi 21 yoshli hujumchi bilan bitim imzolash orqali, katta "reklama manbayi"ni qo‘lga kiritishdan iborat. Xoland "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tganidan beri yuqorida nomlari keltirilgan har uchalla kompaniyaning mahsulotlaridan foydalanib ulgurdi. Aslini olganda futbolchi 14 yoshidayoq Nike bilan kichik shartnoma tuzib, uning mahsulotlari reklamasini qilib keladi. O‘shanda u o‘z vatani, Norvegiyada harakat qilardi. Biroq, Nike bilan tuzilgan bitim 2022 yilning boshida yakuniga yetgan. Xoland esa hozirga qadar yangi hamkorlik shartnomasini imzolaganicha yo‘q.

Nike Xoland bilan yangi shartnoma imzolashga harakat qilmoqda. Ammo bu kurashga Adidas va Puma ham aralashmoqda. Futbolchi esa yaqin haftalar davomida har uchalla korxonaning mahsulotlaridan foydalandi. Xususan, Xolandning rasmiy tanishtiruv paytida, u qop-qora Puma butsasida edi. Keyin esa, u mavsumoldi bahslarida Adidas oyoqkiyimida ko‘rinish berdi. Hujumchi "Bavariya" hamda "Liverpul"ga qarshi bahslarni nemis ishlab chiqaruvchisi mahsuloti bilan boshlagan edi. Shu bilan bir paytda APLning ikki turi Xoland uchun Nike mahsulotlarini namoyish qilish davriga aylandi. Aslini olganda, Xoland bilan Nike'ning rasmiy kelishuvi yo‘q. Shu sababdan u istalgan kompaniyaning mahsulotini kiyishi mumkin.

Futbolchi Adidas butsalari bilan ikki o‘yinda bitta gol urgandi. Nike'ni kiyganida esa, ikki o‘yin davomida ikkita golga mualliflik qildi. Odatda futbolchilar hamkorlik shartnomasini yakunlaganidan keyin, ularga olti oylik muddat beriladi. Bu davrda esa yangi brend bilan bitim tuzib olish kerak bo‘ladi. Xolandning imzosiga erishgan kompaniya esa, katta foyda ko‘rishi mumkin. Buni esa Puma, Adidas va Nike boshqaruvidagilar juda yaxshi biladi.

Ronaldu hamda Mbappe Nike'ning eng yaqin savdo hamkori sanaladi. Nike ularga bir umrlik bitim taklif etgan. Adidas esa Muhammad Saloh va Lionel Messiga xizmat ko‘rsarib kelmoqda.
Boshqa tomonda Puma Neymar hamda Antuan Grizmann tomonidan reklama qilinib kelinadi. Ushbu uchta gigant kompaniyaning hammasi Ronaldu va Messi ketgach, dunyo futbolida ehtimoliy gegemonga aylanishi mumkin bo‘lgan nomni yaxshi biladi. Xoland bu nomga eng jiddiy da’vogarlardan biridir. Ammo Xoland ulardan qaysi birini tanlashi, hali noma’lum.

Bu haqida sport tovarlari sanoati mutaxassisi Mishel Rinshuso shunday deydi: "Savdo brendlari uchun futbolda eng yaxshi futbolchilar bilan hamkorlik qilish, o‘ta muhim omil sanaladi. Agarda ularda bozor marketingi va odamlarning xarid ongiga ta’sir qiladigan sportchilar bo‘lmasa, ularning reklamaga sarmoya kiritishining hech qanday foydasi bo‘lmaydi. U holda, hech kim sizning mahsulotingizni sotib olmaydi. Masalan, hamma Mbappening Nike bilan uzoq yillik bitimi borligini yaxshi biladi. Undan keyingi nom esa Xoland bo‘lishi mumkin. Chunki uning bugungi darajasi shunga imkon beradi. Qolaversa, bu ikkisi Ronaldu va Messi erasidan keyingi eng katta ehtimoliy yulduzlardir".

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:40, 18.08.2022.
O'qildi: 12667 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.