Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston kubogi. «Lokomotiv» penaltilar seriyasida «Bunyodkor»ni mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

O‘zbekiston kubogi. «Lokomotiv» penaltilar seriyasida «Bunyodkor»ni mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston kubogi musobaqasining nimchorak finaliga start berildi. Mazkur bosqich doirasida "Bunyodkor" va "Lokomotiv" klublari Olmaliqda to‘qnash kelishdi.

Bahsning  2-daqiqasidayoq chap qanotdan yetkazib berilgan uzatmaga Javohir Alijonov chiroyli zarba berib, "temiryo‘lchilar"ni oldinga olib chiqdi. Oradan atigi 2 daqiqa o‘tib "Loko" darvozabonining qo‘pol xatosidan so‘ng Jasur Hakimov hisobni tenglashtirdi.

Ushbu hisob o‘yinning asosiy vaqti oxirigacha saqlanib qoldi. Qo‘shimcha taymlar boshlangan paytda esa Islom Qobilov "Lokomotiv"ni yana oldinga olib chiqdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib Islomning o‘zi ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan chetlatildi. Ekstra-taymlarning ikkinchisida Usmonali Ismonaliyev hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Qo‘shimcha bo‘limlardan keyin ham durang qayd etilgani uchun navbat penaltilar seriyasiga berildi. Unda "temiryo‘lchilar" 5:4 hisobida g‘alaba qozonishdi. "Qaldirg‘ochlar" safida Pavel Mogilaves 11 metrli jarima zarbasini golga aylantira olmadi.

O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
“BUNYODKOR” — “LOKOMOTIV” - 2:2. Penaltilar seriyasi — 4:5
Gollar: Javohir Alijonov, 2 - 0:1. Jasur Hakimov, 4 - 1:1. Islom Qobilov, 92 - 1:2. Usmonali Ismonaliyev, 113 - 2:2.
Chetlatish: Islom Qobilov, 108 (ikkinchi ogohlantirish, "Lokomotiv")
"Bunyodkor": 32. Suhrob Sultonov, 4. Davronjon Ergashev (sardor), 5. Jasurbek Yoqubov, 8. Fransis Narx, 10. Rasul Yo‘ldoshev, 15. Jasur Hakimov, 25. Muhammadsafo Fozilov, 29. Muzaffar Olimjonov, 33. Umarali Rahmonaliyev, 34. Suhrob Izzatov, 37. Muhammadodil Qahramonov
«Lokomotiv»: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Islom Qobilov, 6. Alisher Salimov, 8. Nurmuhammad Toshpo‘latov, 9. Javohir Alijonov, 11. Kaxi Maxaradze (sardor), 19. Jerom Etame, 20. Jaloliddin Jumaboyev, 22. Manuchehr Safarov, 27. Islom Rashidxonov, 34. Anvar Alijonov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:58, 21.08.2022.
O'qildi: 2328 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.