Futbol olamida shunaqa jamoalar ham bo‘ladiki, o‘z faoliyati davomida nufuzli sovrinlarga erisha olmaydi, «top» maqomiga da’vogarlik ham qilmaydi.
Lekin o‘ziga xos o‘yinlari bilan unutilmas xotiralarni qoldiradi. Bu galgi hikoyamiz APL tarixidagi kamtarin yoqimtoylariga bag‘ishlangan.
Blekpul, 2010-2011 yillar
2010 yilning 14 avgustida Uigandagi DW stadionida bo‘lib o‘tgan «Uigan» - «Blekpul» uchrashuvida urilgan 4-golni «Blekpul»ning angliyalik himoyachisi Aleks Batista va hujumchi Geri Teylor-Fletcher quyidagi ko‘rinishda nishonlagan edilar.
Mavsumdagi unutilmas voqea kamtarona boshlangandi: start uchrashuviga 3 kun qolganida «Blekpul» tarkibi 15 nafar futbolchidan iborat edi. O‘sha o‘yinchilar rag‘batlantiruvchi bonuslarni hanuzgacha olishmagan. Uy stadionining tayyor emasligi ularni safarda to‘p surishga majbur etgandi. Yan Xollouey 1 kunda 5 nafar o‘yinchini yollagan va kecha xarid qilingan Marlon Xervud «Uigan» ustidan erishilgan g‘alabaga (4:0) dubl bilan hissa qo‘shganidan mamnun bo‘lgandi.
Bu aql bovar qilmaydigan mavsumning aql bovar qilmaydigan boshlanishi edi. Keyingi bellashuvda jamoa 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi, ammo hujumkor uslubidan voz kechmadi: Charli Adam, Kempbell kabi tajribali futbolchilar va yosh iqtidor sohibi Mett Fillips yetakchiligidagi «Blekpul» 2 marta «Liverpul»ni mahv etgan holda, mavsumni 55ta gol bilan yakunladi. Lekin «MYU»ga qarshi bellashuvlardagi mag‘lubiyatlar umumiy xulosani berdi: «Blumfild Roud»da 2:0, «Old Trafford»da 2:1 hisoblarida oldinda borgan jamoa, yakunda imkoniyatni boy berdi. Oxir,oqibat, deyarli butun mavsum davomida autsayderlar uchligidan yuqorida yurgan «Blekpul» 39 ochko bilan APLni tark etdi.
Lids, 1998-2002 yillar
Devid O~Liri bosh murabbiy maqomida o‘z jamoasini start uchrashuviga olib tushganida, tarkibning yarmidan ko‘prog‘i 21ga chiqmagan yosh o‘yinchilar edi. 2 haftadan keyin 18 yoshli Alan Smit «Enfild»da debyut golini urdi, keyin safga qo‘shilgan Maykl Bridjes (21) debyut mavsumida 19ta gol urdi. Rio Ferdinandning (22) xaridi va 2 yildan keyingi sotuvi rekordlarni yangilagandi.
Xullas, O~Liri shogirdlari 4-, 3-, 4-, va 5-o‘rinlarni egallab, YECHL va UYEFA Kubogi turnirlarida yarim finalgacha yetib bordilar.
Uimbldon, 1992-1999 yillar
1988 yili «Uembli»dagi Angliya Kubogi finalida «Telba banda» «Madaniyatli klub»ni mahv etganidan keyin 4 yil o‘tgach, «Liverpul»da kuchli o‘zgarishlar yuz berdi, «Uimbldon» esa zarracha o‘zgarmadi. Lori Sanches va Jon Fashanu jamoada qolishdi, Vinni Jons ortga qaytdi, Jo Kinner jilovni qo‘yib yubormadi.
1992|93 yillar mavsumida «Uimbldon» 5ta qizil kartochka oldi. Vaholanki, boshqa birorta jamoa 4ta ham olmagandi. Shuningdek, jamoa kovid davriga qadar muxlislar tashrifi bo‘yicha APLdagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi, «Everton»ga qarshi bahs 3036 nafar muxlis guvohligida o‘tdi. Lekin keyingi mavsumni «Uimbldon» qizil kartochkalarsiz o‘tkazib, o‘z tarixidagi rekord natija - 6-o‘rinni egalladi. 1996,97 yillarda jamoa 2ta turnirda yarim finallarda maydonga tushdi, chempionatda 19 uchrashuvni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, faxrli 8-pog‘onadan joy oldi. E’tiborlisi, jamoa o‘sha mavsumni eng oz ogohlantirishlar bilan yakunladi.
Sanderlend, 1999-2003 yillar
Mavsumda 105 ochko jamg‘argan Piter Reydning «Sanderlend»i 30 yoshli Stefan Shvarsni jamoa uchun rekord baho - 3,75 mln. funtga xarid qilganida, yuksak parvozlar ko‘zda tutilmagandi. Uning o‘rniga, Kevin Fillips elitadagi debyut mavsumida 30ta gol urib, APL va Yevropaning «Oltin butsa»lariga sazovor bo‘lgandi.
Tez orada Nayl Kuinn va Fillips sermahsul duetni tashkil etishgach, 1999,2000 yillar o‘rtasida «Sanderlend» yetakchi uchlikda edi. Keyin 11 o‘yinga cho‘zilgan g‘alabasiz seriya jamoani 3-o‘rindan 7-o‘ringa tushirib yubordi. Bu safar «qora mushuklar» oyoq bilan yerga tushishni uddalay olmadilar. Oxir-oqibat, jamoa ochkolar bo‘yicha antirekord (19) o‘rnatib, 20-o‘rinni band etdi.
Blekbern, 2004-2009 yillar
Mark Xyuz «Blekbern»ni 40 yil ichida ilk marta Angliya Kubogi yarim finallariga, shuningdek Liga Kubogi yarim finali va UYEFA Kubogining 2ta uchrashuviga olib chiqdi. Shunday bo‘lsada, u qoldirgan buyuk meros sifatida bu muvaffaqiyat emas, o‘sha davrdagi «Etakchi to‘rtlik» tashqarisida ham yuksak nufuzga ega bo‘lgan jamoa e’tirof etiladi.
Ilhom parisini jilovlagan o‘yinchilar maqomini markaziy himoyachilar Kris Samba va Rayan Nelsenga, shuningdek, Angliya terma jamoasida debyutini nishonlagan Devid Bentli va Stiven Uornoklarga nisbatan qo‘llash mumkin. Benni Makkarti 2006G‘07 yillar mavsumida 18ta gol urib, Didye Drogbadan ortda qolgandi. Keyin Roke Santa,Kruz biror marta penaltidan foydalanmagan holda 19ta gol urdi. Lekin barcha jihatlar maqtashga arziydigan emasdi: Xyuzning bebosh «Rovers»i 4 mavsumda jami 24ta qizil kartochka bilan «mukofotlandi».
Stok, 2008-2013 yillar
Elitani tark etishga majbur qilgan 42 ochkolik natijaga qadar, Toni Pulisning «Stok»i barqaror 45, 47, 46 va 45 ochkolar bilan marraga yetib kelgandi. Lekin nima bo‘lganda ham, Endi Uilkinson APLda Roberto Di Matteodan ko‘proq o‘yin o‘tkazishi hech kimning xayoliga kelmagandi. Yoki «Stok» vingerlari afsungar edilarmi? Har holda, Pulisning «kulollari»ni yovvoyilik, standart vaziyatlardagi o‘ziga xoslik, ayniqsa, Rori Drapning olis uzatmalari boshqa jamoalardan yaqqol ajratib turardi. Bu yorqin lavhalar kishini hech qachon zeriktirmaydi.
SODIQ SOBIR tayyorladi.