Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Lukaku nimada peshqadam?

Lukaku nimada peshqadam?

Baho:
+ | -

Jahon futbolidagi transfer rekordi braziliyalik Neymarga tegishli ekanligi barchaga ma’lum - 222 million yevro.

«PSJ»ning yana bir xaridi - Kilian Mbappe umumiy reytingning 2-qatorida. Qiziq, muayyan operasiya emas, futbolchilarning butun faoliyatidagi barcha transferlarni umumlashtirsak, qanday holat yuzaga keladi? Transfermarkt portali ma’lumotlari bo‘yicha aytsak, bu borada yaqinda «Inter»ga qaytgan Romelu Lukaku mutlaq pesh­qadam. Diqqat qiling, klublar belgiyalik hujumchini sotib olish yo‘lida jami 333,56 mln. yevro sarflagan.

Argentinalik Ernan Krespo faoliyatida 4ta transfer kuzatilgan. Yo‘nalish: «River Pleyt» - «Parma» - «Lasio» - «Inter» - «Chelsi». Xullas, Italiya va Angliya klublari sobiq hujumchiga jami 126,94 mln. yevro sarflashgan - bu barcha transferlarning jami summasi bo‘yicha tarixdagi 15-ko‘rsatkichdir. Reytingning 14-qatoridan joy olgan Joau Felishga taalluqli summa (127,2 mln. yevro) atigi 1ta o‘tish mahsuli hisoblanadi. Eslatma, «Atletiko» portugaliyalik iqtidor uchun «Benfika»ga shuncha to‘lagandi. 13-o‘rinda kolumbiya­lik Xames Rodriges bormoqda - jami 148,53 mln. yevro. Kolumbiyalik futbolchi bu summani 6ta transferda yig‘di. Eng kattasi - «Monako»dan «Real»ga 75 mln. yevro evaziga o‘tgani. Jarohatlar ta’qibidan sira qutulolmaydigan belgiyalik Eden Azar hayotida atigi 2ta transfer bor, lekin ularning summasi chakki emas - 150 mln. yevro. Ma’lumot uchun, u «Real» libosini kiyishiga qadar «Lill» - «Chelsi» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan edi. Jadvalning 11-qatori Argentina futbolining yana bir vakiliga tegishli: Gonsalo Iguain 5ta transfer operasiyasida jami 159 mln. yevroga baholangan. To‘g‘ri, bu summaning katta qismi - 90 millioni «Yuventus» tomonidan to‘langan.

Kuchli 10talikni fransiyalik Antuan Grizmann ochib beradi - 160 mln. yevro. Hammasi oddiy: unga «Barselona» 120 million, «Atletiko» avvaliga 30 million («Real Sosyedad»ga), keyin yana 10 million (ijarasi uchun «Barselona»ga) to‘ladi. Jahongashta Zlatan Ibragimovich jami 169,1 mln. yevro bilan 9-o‘rinda. Mag‘rur Ibra klublarni naq 7 marta o‘z transferiga pul sarflashga majbur qildi. Deyarli 170 «limon»ga teng xirmonda eng katta ulush «Barselona» chekida (qariyb 70 mln. yevro). 175 mln. yevro - bu atigi 2ta o‘tish mahsuli. Dortmund «Borussiya»si va «Barselona» Usmon Dembele transferiga birgalikda shuncha sarfladi - 8-pozisiya. Anxel di Mariya faoliyatida o‘tishlar yetarli, lekin jami 179 mln. yevro asosan 2ta katta transfer tufayli yuzaga keldi. Ya’ni argentinalik xaridiga avvaliga «MYU», ke­yin «PSJ» katta mablag‘ sarf­ladi. Di Mariyadan oldinda Kilian Mbappe bor. Eslasangiz, «PSJ» fransiyalik iqtidor uchun «Monako»ga 180 mln. yevro berishdan o‘zini to‘xtatolmagandi. Qisqasi, Kilian bittagina kuchli «sakrash» tufayli 6-o‘rinda. 

Kuchli 5talikka yetib keldik. Beshinchi qator APLdan bosh­qa ligada o‘zini «topolmagan» Filippe Koutinyoga tegishli. Braziliyalik yarim himoyachi faoliyati davomida ko‘p marta jamoa almashtirdi, lekin umumiy summa (180,3 mln. yevro)da himmatli «Barselona»ning o‘rni katta. Kata-loniya­liklar uning uchun «Liver­pul»ga 135 mln. yevro to‘lashgan edi. Xuddi Kou­tinyo kabi liga «tanlash» bilan ovora Alvaro Morata reytingning 4-qatorida - 189 mln. yevro. Bu 6ta o‘tish mahsuli bo‘lib, 66 millioni birgina «Chelsi» bo‘ynida. Nihoyat, Krishtianu Ronaldu. Portugaliyalik yulduzga daxldor ko‘rsatkich - 245 mln. yevro. Hamma biladi, Krishning faoliyatida 2tagina yirik transfer bo‘ldi (hozircha): «MYU» - «Real» (94 mln. yevro) va «Real» - «Yuventus» (117 mln. yevro). Muayyan transfer bahosi bo‘yicha jahon rekordchisi Neymar xaridlarning umumiy summasiga ko‘ra, 2-o‘rinda. 310 mln. yevroda «PSJ»ning qalin (222 «limon») va «Barselona»ning nisbatan nozikroq «imzo»si bor. 333,56 mln. yevro - klublar Romelu Lukaku transferiga jami shuncha sarfladi. Belgiyalik hayo­tida o‘tishlar ko‘p, hammasining summasi ancha katta. Eng ko‘p xarajat esa «Chelsi» zimmasida (113 mln. yevro).

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:57, 22.08.2022.
O'qildi: 2228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.