Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Legionerlarimizdan daraklar yoki Ibrohimxalilning ilhombaxsh goli

Legionerlarimizdan daraklar yoki Ibrohimxalilning ilhombaxsh goli

Baho:
+ | -

Belarus. «Energetik-BGU» Oliy liga 18-turida «Slusk»ni iroda evaziga yengdi - 2:1. «Talabalar»ga 3 ochko taqdim etgan gol muallifi - hamyurtimiz Bobur Abduxoliqov.

Uchrashuvda to‘liq vaqt harakatlangan 25 yoshli hujumchimiz shu bilan Belarus chempionatidagi gollari sonini 17taga yetkazib qo‘ydi. U to‘purarlar poygasida eng yaqin ta’qibchisidan 10ta gol oldinlab ketdi. Abduxoliqovning klubdoshi Abduqodir Husanov ham uchrashuv boshidan oxirigacha faollik ko‘rsatdi va 38-daqiqada sariq kartochka oldi. 

Rossiya. Hojimat Erkinovning jamoasi - «Torpedo» yangi bosh murabbiy Nikolay Savichev debyutida amaldagi chempion «Zenit»ga bas kelolmadi. Alamli jihati, «avtozavodchilar» hamyurtimiz 78 daqiqa to‘p surgan o‘yinning oxirgi daqiqalarida qo‘yib yuborilgan 2ta gol tufayli mag‘lubiyatni tan olishdi. «NN Pari» esa RPL 6-turidan o‘rin olgan o‘yinning 79-daqiqasida Ibrohimxalil Yo‘ldoshev tomonidan urilgan yagona gol evaziga «Ural» maydonidan 3 ochko bilan qaytdi. E’tiborni tortadigan tomoni, maydonga ikkinchi bo‘lim boshida tushgan hamyurtimiz yakunda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. O‘yindan so‘ng «Pari NN» murabbiyi Mixail Galaktionov ham Ibrohimxalil jamoasining mavsumdagi birinchi g‘alabasida katta rol bajarganini alohida ta’kidladi: «Albatta, g‘alaba avvalo, ruhiy tomondan muhim. Bugun rejali almashtirishlar evaziga o‘yinni kuchaytirdik. Jumladan, Yo‘ldoshev hujumkorlikka sur’at qo‘shdi va raqib darvozasini ishg‘ol qildi». «Spartak» yarim himoyachisi Oston O‘runovga kelsak, «Ximki» uni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Faqat buning uchun futbolchi Moskva klubi bilan shartnomasini bekor qilishi kerak.

Italiya. «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodovga asosiy da’vogar «Bolonya» ijara muddatidan keyingi majburiy transfer uchun 10 million yevro taklif qilishga tayyor. Biroq rimliklar hamyurtimiz uchun hamon 14 million yevro so‘rashmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, «Roma» Feliks Afena-Gyan va Jastin Klyuyvertni sotsa, Andrea Belotti bilan shartnoma tuzadi. Shunda Shomurodov uchinchi hujumchi sifatida «bo‘rilar» safida qolishi mumkin. Bu vaqtda «Trabzonspor» ham O‘zbekiston milliy jamoasi sardori transferi bo‘yicha ishni davom ettirmoqda. Turkiya chempioni bosh murabbiyi Abdulloh Ovchining aytishicha, klub 27 yoshli futbolchining bir yillik ijarasi uchun 1 million yevro taklif qilgan, lekin kelasi yil transferni «Roma» talab qilayotganidan kamrog‘iga rasmiylashtirmoqchi. Orada rimliklar ham­yurtimizni «Yuventus»ga tavsiya etishgani haqida ham xabarlar chiqdi. Joze Mourinyoning Shomurodov bo‘yicha xulosasi esa oddiy: «Salernoda g‘alaba qozonish uchun ikki hujumchi o‘rniga yarim himoyachilarni maydonga tushirdim. Zaxirada o‘yinga tortadigan hujumchi bo‘lmaganidan keyin boshqa iloj yo‘q. Feliks va Shomurodovning qachon munosib bo‘lishlarini esa kutolmaymiz».

S.Arabistoni. «Al-Nasr» yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Misr chempionatida davom ettirishi mumkin. Unga mamlakatning 42 karra chempioni (rekord) «Al-Ahli»dan qiziqish bor. Misrliklarning hamyurtimiz transferini sotib olish bo‘yicha aniq taklifni ilgari surishgani aytilmoqda, biroq «Al-Nasr» ijara variantini ma’qul ko‘rmoqda. 

Qozog‘iston. «Ordabasi» QPL 13-turida «Aktobe» mehmoni bo‘lib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Shimkent klubi safidagi Odil Abdumajidov ham, Shahboz Umarov ham to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi. «Ordabasi»ning yagona goliga assistentlik qilgan Umarov sariq kartochka ham «ishladi». «Tobol» esa «Taraz» bilan o‘yin davomida ikki bora hisobda oldinga chiqib oldi, biroq yakunda g‘alabani ushlab qololmadi - 2:2. Kos­tanay jamoasi hujumchisi Igor Sergeev uchrashuvning 58-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Aytgancha, rossiyalik insayderning ma’lumotiga ko‘ra, «Tobol» hujumchisiga hozirda «Torpedo» (Moskva) qiziqmoqda.

Turkiya. «Fotih Qoragyumryuk» chempionat hisobidan ikkinchi o‘yinini «Beshiktosh» bilan o‘tkazib, yana yirik hisob (1:4)da yutqazdi. Jamoa yarim himoyachisi Otabek Shukurov bu safar maydonda to‘liq vaqt o‘ynadi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 23.08.2022.
O'qildi: 2168 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.