Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Timur Kapadze: “Umuman olganda, yigitlarimiz ajoyib tajriba to‘plashyapti”

Timur Kapadze: “Umuman olganda, yigitlarimiz ajoyib tajriba to‘plashyapti”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Navbahor” (0:1) bahsidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Timur Tohirovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi. 

- Yaxshi o‘yin bo‘ldi, ikkala jamoa ham yaxshi harakat qildi. Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Shunga qaramasdan yigitlar ajoyib o‘ynashdi. To‘g‘ri, golni o‘zimizga-o‘zimiz olib keldik. Yo‘q joydan deyarli sovg‘a qildik. “Navbahor”da tajribali futbolchilar bor. Ular imkoniyatdan yaxshi foydalanishdi. Shundan keyin ozgina uzilish bo‘ldi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Gol urolmagandan so‘ng, endi gapirishning hojati yo‘q. Mag‘lubiyatga uchradik. Statistikaga qarasak, bitta zarba bo‘ldi va o‘sha golga aylandi. Bu albatta biroz yoqimsiz vaziyat. Umuman olganda, yigitlarimiz ajoyib tajriba to‘plashyapti. Nafaqat bizga, balki raqib jamoaga ham foydali bo‘lyapti. Murabbiylarga bosh qotirishiga ancha narsa beryapmiz. “Navbahor”ni tabriklayman. Menimcha, muxlislarimiz ham bor shekilli, kelishyapti, bizni qo‘llab-quvvatlashyapti, ularga katta rahmat. Ular yaxshi futbol ko‘raman deb kelishyapti. To‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz.

- “Olimpik” ikkinchi bo‘limda hujumkor o‘yin namoyish etdi. Ikkita penaltili vaziyat bo‘ldi - 50x50. Bu boradagi fikringiz qanaqa?

- Hali takroriy vaziyatni ko‘rmadim. Bir qaraganimda, menga penaltidek tuyuldi. Tegdimi-tegmadimi, buni takroran ko‘rish kerak. Hakam o‘sha vaziyatga yaqinroq edi. Hozir bir narsa deyishim qiyin. Demak, futbolchi yaxshi o‘xshata olmabdi (kuladi).

- Statistika haqida gapirdingiz. Ha, “Navbahor” bitta zarbadan bitta gol urgan. Ammo “Olimpik” ham birinchi bo‘limda birorta aniq zarba yo‘llay olmagan. Bu raqib jamoangizni yaxshi o‘rganganidan dalolatmi yoki taktikangiz “ishlamagani”danmi?

- Raqib ko‘pchilik bo‘lib himoyalandi. Bo‘shliqlar topish qiyin edi. Sababi shunda. Ammo bugun biz g‘alaba qozonish uchun yetarlicha xavfli vaziyatlarni yaratdik. Ikkinchi bo‘limda ikkita 100 foizli imkoniyatimiz bor edi. Raqib deyarli himoyada zich harakat qildi. Futbolchilari jismoniy tomondan ham, tajriba borasida ham yaxshi. Ammo shogirdlarim ulardan jismoniy tomondan ham ustun bo‘ldi.

- Hujumga oxirgi nuqtani qo‘yishda nima yetishmadi, deb o‘ylaysiz?

- Qayerdadir shoshilishyapti, qayerdadir aniq zarba berishga mahorat yetmayapti. Menimcha, tajribali futbolchilarda ham bunday imkoniyatlardan foydalana olmaydigan paytlari bo‘ladi. Qayerdadir bosim xalaqit qilyapti. “Navbahor” bugun bizga vaziyatlarni yo‘qqa chiqarishga harakat qildi.

- Birinchi bo‘limda uzoq masofalarga paslar uzatildi. Ikkinchi bo‘limda qisqa to‘p uzatishlari bo‘ldi. Bu sizning ko‘rsatmangizmidi?

- Birinchi bo‘limni ham yaxshi boshladik. Goldan keyin uzatmalarga o‘tildi. Bu “Navbahor”ga qo‘l keldi. Birinchi bo‘limda ham aytishga harakat qildim, eshitishmadi. Ikkinchi bo‘limda tushuntirdim. Keyin uzatmalarni tayyorlab amalga oshirdik. Qolgan vaziyatlarda pas orqali chiqishga urindik.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:14, 24.08.2022.
O'qildi: 1352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик