Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Oldindagi 10ta o‘yin biz uchun imkoniyat». Vadim Abramov va futbolchilar «Dinamo» muxlislari bilan uchrashdi

«Oldindagi 10ta o‘yin biz uchun imkoniyat». Vadim Abramov va futbolchilar «Dinamo» muxlislari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Kecha, 23 avgust kuni «Dinamo» jamoasi a’zolari va klub muxlislari o‘rtasida ochiq suhbat shaklidagi uchrashuv o‘tkazildi.

«Dinamo» jamoasining Superliga doirasidagi qoniqarsiz natijalari samarqandlik muxlislarni tashvishlantirayotgani hech kimga sir emas. Jamoaning jonkuyar va faol muxlislari klubning qiyin vaziyatdan chiqib ketish va keyingi rejalarini muhokama qilish uchun klub rahbariyati, murabbiy va futbolchilar bilan uchrashishni so‘ragan edi. Ularning talab va istaklarini inobatga olgan holda «Dinamo» stadioni markaziy tribunasida jamoa rahbariyati, murabbiy, futbolchilar va ishqibozlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Ochiq suhbat va tanqidiy ruhda o‘tgan uchrashuvda muxlislar qiyin vaziyatda bo‘lgan «Dinamo»da ish boshlagani uchun bosh murabbiy Vadim Abramovga minnatdorchilik bildirib, klubning Superligada qolishi imkoniyati haqida so‘rashdi.

«Jamoaning qabul qilganimga ko‘p bo‘lmadi va bu yerda ish boshlayotganda ham mendan bu haqda so‘rashganida «Menga uchta o‘yin bering, qo‘l ostimda qanday jamoa borligini ko‘ray, keyin savolingizga javob beraman», degan edim. Hozircha «So‘g‘diyona» va «Qizilqum»ga qarshi ikki o‘yin o‘tdi, oldinda esa yana bitta bahs «Bunyodkor» bilan o‘tadi. Ushbu uchrashuvdan keyin sizning savolingizga javob berishim mumkin. Bu o‘yindan keyin bu savolga o‘zingiz ham javob topishingiz mumkin bo‘ladi.

«Dinamo»ning ikkinchi davra startini muvaffaqiyatsiz boshlaganini, turnir jadvali yetakchilari - «Paxtakor», «Nasaf», «So‘g‘diyona» va «Qizilqum»ga qarshi o‘yin o‘tkazgani bilan bog‘lash, bahonadek ko‘rinishi mumkin. Men uchun kim bilan o‘ynash emas, biz qanday o‘ynashimiz muhimroq. Hozirda o‘yin va natija jihatdan yaxshi ko‘rinmayotganimiz barchaga ayon. Eng avvalo shuni to‘g‘rilashimiz kerak. Oldinda 10ta o‘yinimiz bor va bu biz uchun imkoniyat. Ligada qolish uchun shundan kamida 5tasini yutishimiz shart. Aks holda vazifani bajarib bo‘lmaydi. Hozir sizga ko‘p va’dalar berishim mumkin, ammo tushuning, men sehrgar emasman. Vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish, ligada qolish uchun barchamiz bor kuchimiz bilan ishlaymiz. Bu futbol, oldinda nima bo‘lishini bilmaysan», - dedi Vadim Karlenovich (https://t.me/FCDinamo1960/11449).

Muxlislar bilan uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq ustozi Samarqandda eng avvalo futbol infratuzilmasini yaxshilash, mashg‘ulot maydonlari ko‘paytirish kerakligini aytib o‘tdi.

«Samarqandda futbol infratuzilmasini yaxshilash lozim. Mashg‘ulot maydonlari bo‘lmasa, yosh futbolchilarning o‘sib kelishi qiyin bo‘ladi. Aynan shunga ham e’tiborni kuchaytirish kerak. Bu muammo faqat Samarqandda emas, Toshkentda ham xuddi shu ahvol. Futbol poydevori yaxshilanmasa, keyinchalik klublarda men yoki Mourinyo kelib ishlaydimi farqi yo‘q – natija ko‘rsatish qiyin», - deydi Karlenovich.

Muxlislar tomonidan jamoa legionerlari – darvozabon Miloye Prekovich va Mixaylo Yovanovich 1-davrada yaxshi o‘yin ko‘rsatgani, 2-davrada esa negadir ularga ishonch bildirilmayotgani haqidagi savolni ham murabbiy javobsiz qoldirmadi.

«Jamoaga kelganimda ular o‘ynamayotgan edilar. Yovanovich jarohatidan keyin bugundan mashg‘ulotlarga kirishdi, Prekovich ham mashg‘ulotlarda ishlamoqda, ko‘ramiz, u ham asosiy tarkibga qaytishi mumkin», - dedi murabbiy.

Shuningdek, muxlislar himoya va darvoza chizig‘idagi qo‘pol xatolar haqida gapirib, tarkibda rotasiya qilish borasida savol berishdi, murabbiy esa himoya chizig‘i nozik nuqta bo‘lib turganini tan oldi va o‘zgarishlar qilinishi mumkinligini bildirdi.

Qizg‘in savol-javoblar ostida o‘tgan uchrashuvda «Dinamo» bosh direktori Uchqun Qobilov hamda Erkin Boydullayev, Mixaylo Yovanovich, Marat Bikmayev, Elguja Grigalashvili singari tajribali futbolchilar o‘z fikrlarini bildirib, muxlislarga qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirgan holda jamoa va muxlislar bir kuchga aylansa, «Dinamo»ni Superligada olib qolish uchun oxirigacha kurashishga va’da berishdi.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:18, 24.08.2022.
O'qildi: 1358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.