Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Mourinyo Paredesni "Roma"da ko‘rmoqchi

Mourinyo Paredesni "Roma"da ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

"PSJ"ning argentinalik yarim himoyachisi Leandro Paredesda faoliyatini davom ettirishning yana bir varianti bor, deya xabar beradi taniqli italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio o‘z saytida.

"PSJ" bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor Paredesni parijliklarning yangi bosh murabbiyi Kristof Galtye o‘z rejalariga kiritmagan. Mavsum oralig‘ida, "Yuventus"ga futbolchini sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqchi.

Vaholanki, endi “Yuventus”ning raqibi – “Roma” bor. Joze Mourinyo klub rahbariyatidan mashg‘ulotlarda oyog‘i singan va tez orada qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tadigan Jorjinyo Veynaldumning jarohati munosabati bilan zudlik bilan yarim himoyachi sotib olishni so‘radi. Qizig‘i shundaki, Veynaldum "Roma"ga "PSJ"dan o‘tgan edi.

Kiritildi: 05:23, 24.08.2022.
O'qildi: 1160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик