Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

O‘zbekiston kubogi-2022. Bugun chorak finalga qur’a tashlanadi

O‘zbekiston kubogi-2022. Bugun chorak finalga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

21 avgust sanasidan e’tiboran mamlakatimiz futbolida nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi O‘zbekiston kubogi bahslarining pley-off seriyasi bahslari start oldi. Olimpiya tizimida davom etuvchi ikkinchi bosqichda g‘alaba qozongan jamoalar kurashni davom ettirishadi. Mag‘lubiyatga uchragan jamoalar esa bahsdan chiqib ketishadi.

Bu yil Kubok bahslari yo‘lga qo‘yilganiga 30 yil bo‘ldi. O‘zbekiston XXX kubogi musobaqasida Superliga, Pro liga va Birinchi liga jamoalari ishtirokini boshlagan edi. Avvaliga o‘tish musobaqasi, keyin guruh bosqichi o‘yinlarida nimchorak finalda bahs yurituvchi 16 jamoaning nomi aniqlandi. Har bir bosqichdan so‘ng raqiblar qur’a tashlash yo‘li orqali aniqlab borilayapti. Chorak final juftliklari uchun qur’a tashlash jarayoni nimchorakning AGMK – “Metallurg” jamoalari uchrashuvi tanaffusida o‘tkazilishi oldindan belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston kubogini eng ko‘p qo‘lga kiritgan jamoa “Paxtakor” sanaladi. “Sherlar” 13 marta kubokni boshlari uzra baland ko‘tarishgan. Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga kubok 4 marta nasib etgan bo‘lsa, Namanganning “Navbahor” hamda Toshkentning “Lokomotiv” jamoalari 3 martadan kubok sohiblari bo‘lishgan. Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 2 marta, “Do‘stlik”, “Nasaf” va AGMK jamoalari 1 martadan kubokka sazovor bo‘lishgan. Mazkur jamoalardan tashqari “Temiryo‘lchi” (Qo‘qon), “Yangiyer”, MHSK, “Dinamo” (Samarqand), “Traktor” (Toshkent), “Mash’al” va “Sho‘rtan” jamoalari O‘zbekiston kubogining finalida o‘ynagan.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 10:24, 24.08.2022.
O'qildi: 2791 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.