Ispaniyaning «Selta» klubi hujumchi Santi Mina Saudiya Arabistonining «Ash-SHabob» klubiga ijaraga berdi. "As" tarqatgan xabarga ko‘ra, vigoliklar ushbu kelishuv bo‘yicha 2,5 million yevro daromad olishadi.
26 yoshli futbolchi shu yilning may oyida jinsiy tajovuzda ayblanib, 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Hozirda Sina ushbu qaror yuzasidan apellyasiya bergan va uning natijasini kutmoqda. Apellyasiya raqd etilsa, u qamoqqa olinadi.
Saudiya Arabistoni va Ispaniya o‘rtasida jinoyatchini ekstradisiya qilish borasida kelishuv mavjud emas. Shu bois, Santi Mina faoliyatini ushbu chempionatda daovm ettirishi mumkin.