Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

A Seriyani "yondirayotgan" gruzin yigitchasi. Liga to‘purarini avval ham tanirmidingiz?

A Seriyani "yondirayotgan" gruzin yigitchasi. Liga to‘purarini avval ham tanirmidingiz?

Baho:
+ | -

"Bu ismni eslab qoling, hatto talaffuz qila olmasangiz ham, Xvicha hali Italiyani portlatadi", — deydi futbol kuzatuvchilaridan biri. U A Seriyada ajoyib start oldi. O‘ziga bildirilgan ishonchlarni oqlamoqda — ikki bahsda uch gol va bir pas.

“Napoli” yangi mavsumni A seriyada yorqin tarzda boshladi. Italiya chempionati startida Luchano Spaletti shogirdlari ikkita yirik g‘alabaga erishdi – “Verona” (5:2) va “Monsa” (4:0). Ikki turda olti ochko, 9 ta gol urilgan va atigi 2 ta gol o‘tkazib yuborilgan. Hattoki, ikki g‘alabaga erishgan yana bir klub “Inter” hamon jadvalda bir pog‘ona pastda bormoqda.

Ayni paytda barcha Rossiyadan iyul oyi boshida rasman Neapol jamoasi futbolchisiga aylangan Xvicha Kvarasxeliyaning muvaffaqiyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Gruzinning o‘zi esa hayratda - hozir u Italiya chempionati to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda bormoqda.

Gruziyalik vinger o‘tgan mavsumni "Rubin"da Leonid Sluskiy bilan juda xafa tarzda o‘tkazdi. RPLda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, atigi 2 ta gol urgan. Keyin Xvicha Batumida toza havodan nafas oldi, so‘ng Neapolga yo‘l oldi va yangi jamoasiga tezda kirishib ketdi.

"Verona"ga qarshi o‘yinda Xvicha boshi bilan hisobni tenglashtirdi, bu golni "Golden Steyt"dan Stefen Karri uslubida nishonladi - "xayrli tun" tasviri ostida.

Endi esa “Kvarasxeliya”ning kechagi “Monsa” darvozasiga urgan gollariga qaraylik.

O‘yinning 35-daqiqasida Xvicha uzoq burchakka jarima to‘pini amalga oshirib, hisobni ochdi. 62-daqiqada esa yarim himoyachi hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi, Lobotkaning uzatmasini qabul qilib, chiroyli fint amalga oshirdi va himoyachi orasidan aniq zarba berib, darvozabonni dog‘da qoldirdi. 

“Xvicha Kvarasxeliya. Bu ismni talaffuz qila olmasangiz ham eslab qoling”, deb yozadi ijtimoiy tarmoqlarda @189NlNE laqabli foydalanuvchi.

“Xvicha Kvarasxeliya 10 million yevroga master-klass o‘tab bermoqda. "Yuventus", "Tottenxem", "Ayaks", "Milan" u uchun kurashda bor edi, lekin oxir-oqibat unga faqat "Napoli" unga ishonch bildirdi", - deb yozdi jurnalist Lasha Kokiashvili tvitterda.

Gruziyalik yarim himoyachining yorqin debyuti ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. "Napoli" hujumidagi yoshlarga nazar tashlasangiz: Xvicha 21 yoshda, Raspadori 22 yoshda, Osimxen 23 yoshda. Ular klub kelajagini tashkil etadi.

Luchano Spaletti ham yangi kelgan futbolchisini maqtadi. "Verona" bilan o‘yindan so‘ng "Napoli" bosh murabbiyi Kvara o‘yinni yaxshi his qilganini, ammo u bundan ham ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatishi mumkinligini aytdi. 

Xvichaning dublini ko‘rgandan so‘ng, Spalletti uni yaxshi hujumchi, yakkama-yakka kurashlarda kuchli atlet va ikkala oyog‘i bilan ham yaxshi ishlay oladigan haqiqiy professional deb atadi.

"Monsa"ga qarshi Kvarasxeliya ajoyib shaxsiy statistikani ko‘rsatdi: maydondagi 70 daqiqa, aniq paslar — 81,5 foiz, jami 3 zarba, nishonga aniq 2 zarba, 2 gol, bir asosiy uzatma. Turli statistik saytlar Xvichaga ushbu o‘yin uchun 8 dan 9 gacha ball bergan.

Italiya chempionatidagi shunday yorqin start uchun Xvicha Kvarasxeliyaga barcha 10 ochkoni beramiz. Ammo shuni eslatib o‘tamizki, "Napoli"ni bundan keyin ham qiyinroq raqiblar kutib turibdi. Keyingi o‘yin "Fiorentina"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:01, 24.08.2022.
O'qildi: 2259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.