Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Ten Xag "MYU" futbolchilarini qoyil qoldirgan

Ten Xag "MYU" futbolchilarini qoyil qoldirgan

Baho:
+ | -

Haqiqiy lider!

Mirror nashrining xabar berishicha, o‘tgan hafta oxirida "qizil iblislar" "Brentford"ga 4:0 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin Erik ten Xag o‘z o‘yinchilariga 12,8 km yugurishni buyurgan va o‘zi ham ular bilan birga yugurgan.

"Brentford"ga qarshi halokatli o‘yindan bir kun o‘tib, ten Hag jazo sifatida o‘z o‘yinchilari uchun dam olish kunini bekor qildi va ularni uzoq masofaga yugirishga majbur qildi.

Mirror xabariga ko‘ra, ten Xag aybning bir qismini o‘z zimmasiga oldi va o‘yinchilarning yugurishiga qo‘shildi.

Nashrga bergan intervyusida klubdagi manba shunday dedi:

“Futbolchilar "Brentford"da muvaffaqiyatsizlikka uchraganliklari uchun jazo 8,5 milya yugurish bo‘lishini bilib, g‘azablanishdi. Ammo murabbiy ham xuddi shunday qilishni rejalashtirgani ma’lum bo‘lgach, shikoyatlar to‘xtadi”.

Manba davom etdi:

“U buning sababini hech kimga aytmasligi kerak edi. U o‘yindagi barcha ayblarni o‘z o‘yinchilariga yuklamasligi aniq edi. Ten Xag o‘zini ham aybdor his qilayotganini ko‘rsatishi kerakligini his qildi. Bu jazo o‘yinchilar uchun juda og‘ir bo‘ldi, ammo Erikning harakatiga ular qoyil qolishdi.

Bu katta jismoniy kuch talab qilgandir, ammo bu murabbiyning zamonaviy futbolchi psixologiyasini yaxshi tushunishini ko‘rsatdi. "Liverpul"ga qarshi o‘yinda u futbolchilarni o‘zi singdirmoqchi bo‘lgan shiddat zarurligiga ishontira olganini ko‘rish mumkin edi".

APL 3-turida “Manchester Yunayted” nihoyat “Liverpul” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu jamoaning joriy chempionatdagi ilk g‘alabasi edi.

Qizig‘i, “MYU” Yurgen Klopp jamoasiga qarshi jami 109,4 km masofani bosib o‘tdi – bu “asalarilar”ga qarshi o‘yindagidan deyarli 14 km ko‘p.

Kiritildi: 12:44, 24.08.2022.
O'qildi: 6813 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.