Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" transfer oynasi yakuniga qadar himoyachisidan qutulmoqchi

"PSJ" transfer oynasi yakuniga qadar himoyachisidan qutulmoqchi

Baho:
+ | -

"PSJ" yozgi transfer oynasi tugaguniga qadar himoyachi Abdo Diallodan qutulishi mumkin. Footmercato xabariga ko‘ra, senegallik futbolchiga bir qancha klublar, jumladan, "Vest Xem" va "Roma" da’vogarlik qilmoqda.

Insayderlarning fikricha, "PSJ" Dialloni doimiy ravishda qo‘yib yubormoqchi va Parij klubining asosiy umidlari Angliya Premyer-ligasi klublari, xususan, Londonning "Vest Xem" klubining uzoq muddatli takliflari bilan bog‘liq. Shu bilan birga, "Roma" ham futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va agar senegallik transferini hech kim yakunlamasa, transfer oynasining so‘nggi kunlarida majburiy sotib olish imkoniyati bilan ijara shartnomasini taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Abdu Diallo o‘tgan mavsumda Fransiya 1-ligasida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida bitta golli uzatma bor. Transfermarkt futbolchini 18 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:05, 24.08.2022.
O'qildi: 1525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик