"Manchester Siti"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini Pyer-Emerik Obameyang uchun "Barselona"ni tark etishdan oldingi oxirgisi bo‘lishi mumkin.
Ingliz va ispan OAVning yozishicha, hujumchi «Chelsi»ga o‘tishga yaqin turibdi. "Barselona" bosh murabbiyi Xavi u bilan xayrlashish uchun bugungi "Manchester Siti"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Obameyangni asosiy tarkibda qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Pyer-Emerik Obameyang "Barselona"da olti oydan sal ko‘proq vaqt davomida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.