Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Farhod Nishonov: «Bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz»

Farhod Nishonov: «Bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov «Shizuoka» klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Avvalambor, o‘sib kelayotgan yosh futbolchilarimizni Yaponiyadagi turnirga yuborishda jonbozlik ko‘rsatgan O‘FAga rahmat aytmoqchiman. Musobaqa haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, tashkilotchilik jihatdan hamma narsa a’lo darajada. Xususan, bugungi o‘yin ham qiziqarli o‘tdi. «Shizuoka» klubi kuchli jamoa ekanligini namoyish eta oldi. Bizning futbolchilarimizda o‘yinning ilk daqiqalaridanoq biroz hayajon va bosim bo‘ldi. Chunki stadionga minglab mahalliy muxlislar tashrif buyurib, o‘z jamoasini qo‘llab turgan edi. Bu esa yirik turnirlarda, minglab muxlislar qarshisida kam o‘ynagan har qanday futbolchiga ta’sir qilishi turgan gap.

Bo‘lim boshida biroz qiynaldik, lekin sekin-sekin o‘yinni tiklab, hammasini o‘z nazoratimizga olishga harakat qildik. Futbolchilarim hisobda orqada qolayotib ham chiroyli o‘ynab, penaltilar seriyasiga yetib keldi. Yakunda esa 2 ochkolik bo‘ldik. Bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Oldinda bizni qiziqarli va qiyin bo‘lgan uchrashuvlar kutib turibdi. Barchaga rahmat aytib qolaman", — dedi Nishonov.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:39, 25.08.2022.
O'qildi: 2113 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик