Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Kamtar, mehnatsevar va «uchar» olifta

Kamtar, mehnatsevar va «uchar» olifta

Baho:
+ | -

Avvalgi mavsum APL «Oltin butsa»siga qo‘l uzatgan «Tottenxem» vingeri Son Xyun Min yanada yuksakroq marralarni ko‘zlamoqda.

 Janubiy Koreya futbolining birinchi raqamli yulduzini harbiylarga xos tarbiya va temir intizom sohibi sifatida yaxshi taniymiz. Lekin Son Xyun o‘z yurtida futbolga aloqasi yo‘q jihatlari bilan ham juda mashhur ekanligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Janubiy Koreya brendlari APL yulduzini reklama uchun suratga olishda navbat kutishga majbur. Koreyslar faxriga aylangan golea­dor shuning barobarida moda yo‘nalishi shaydosi, bir qator nufuzli kompaniyalar bilan shaxsiy shart­noma tuzgan futbolchi yaqinda o‘z brendini ham yo‘lga qo‘ydi. Qisqasi, quyida koreyalik kamtarin mehnatsevarning maydondagi jonkuyarligi emas, balki futboldan tashqarida qanday ishlarni amalga oshirayotgani xususida gaplashamiz. Ishoning, Son Xyun Min o‘z mamlakatida - reklama qiroli va superolifta yigit.

Burberry elchisi

Jahon futbolidagi eng olifta o‘yinchi kim? Bu xususda hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Masalaga ozgina murakkablik kiritish uchun Ektor Belyerinni bir chetga surib turish kerak. Britaniyaning GQ sayti ro‘yxatiga qarasak, Son Xyun APLdagi 14 nafar superolifta futbolchi yetakchisidir. «Arsenal»ni «qiymalagan» salkam 2 metrli monstr mukammal soch turmagi va samimiy tabassumi bilan hech narsa bo‘lmagandek reklama shitidan xotirjam nigoh tashlaydi. Son Xyun yana o‘ta nozik did sohibi. U asosan qimmatbaho jinsi va oq rangli keng futbolkani yoqtiradi», - deya ta’rif bergandi GQ reytingi muallifi Finli Renvik koreys futbolchisiga. «O‘ylashimcha, did bilan kiyinish va xushbichim ko‘rinish juda muhim. Men uchun eng yaxshi libos - qishki palto. Izg‘irin havoda issiqqina yurishga nima yetsin... Yozda esa shorti, futbolka va yengil shippakdan foydalanaman» - bunisi Son Xyunning o‘tgan yil yozda GQ saytiga bergan intervyudan iqtibos. Janubiy Koreya milliy jamoa­si yetakchisi jurnalistlar bilan yana bir muloqot chog‘i ki­yinishda soddalikni yoqtirishini aytgandi: «Oddiygina futbolka va jinsida o‘zimni ancha yengil his qilaman. Deylik, mashg‘ulotlarga ham shippakda boraman. Xullas, kiyinish uslubim turmush tarzimga monand oddiy, bunda qandaydir murakkablik yo‘q».

Son Xyun Min bilan hamkorlik qilayotgan agentlik rahbari Metyu Odonoxyuning aytishicha, futbolchi modaga o‘ch va bu borada ancha-muncha narsani tushunadi. Uning moda yo‘nalishidagi keng tasavvuri esa ko‘plab kompaniyalar bilan shartnoma tuzish imkoniyatini beradi. Mana, koreys vingeri yaqinda Angliyaning Burberry guruhi rasmiy elchisiga aylandi, o‘tgan yilning iyunida esa Polo Ralph Lauren brendi reklamasida suratga tushgandi.

Shaxsiy kiyim-kechak brendi 

Son Xyun iyun oyida NOS7 nomi ostida shaxsiy liboslar brendini ishga tushirdi. U shundan 2 haftacha oldin «Oltin butsa»sini Janubiy Koreyaga olib borganidayoq ko‘pchilik e’tiborini tortgandi. O‘shanda vingerning oq rangli futbolkasida NOS logotipi yaqqol ko‘zga tashlandi. Muxlislar avvaliga bu yozuvni Son iborasining teskari ifodasi sifatida baholashdi. Biroq keyinroq ma’lum bo‘lishicha, NOS Nothing Ordinary Sunday (yaxshi, odatiy yakshanba) iborasining qisqartmasi ekan. Son Xyun Minga tegishli firma 17 iyun kuni Seulda vaqtincha do‘kon ochdi. E’tiborlisi, savdo butun 2 hafta davomida to‘xtagani yo‘q, birinchi kuni esa xaridorlar naq 3 soatlab navbatda turishdi. Ayrimlar NOS do‘konidan liboslarni sotib olib, shu joyning o‘zida 1,5 baravar qimmatroqqa pulladilar. Keyinchalik liboslar sifati xususida turli fikrlar bildirildi. Kimdir hammasi joyida ekanligini aytsa, bosh­qa birov narx sifatga mos emasligini ta’kidladi. Ronna modalar uyi vakillari esa yakdil xulosa chiqardilar: «Son Xyun Min - taniqli shaxs. O‘ylashimizcha, uning muxlislari uchun 70 ming vonaga futbolka xarid qilish og‘irlik qilmasa kerak».

Endi Son Xyun korxonasi ishlab chiqarilgan liboslarda mashhur yulduzlar ham javlon urmoqdalar. U avvalo, «Tottenxem» a’zolarini o‘z mahsulotlari bilan siyladi. Qolaversa, NOS tomonidan ishlangan keng kuylak koreyalik mashhur aktyor Park So Junga ham yoqib qoldi.

Reklama qiroli

Futbolchilarning reklama bozorida katta pul ishlashlari hech kimni ortiqcha ajablantirmay qo‘ydi. Lekin Son Xyunning bu masalada yo‘nalishi biroz boshqacha. Ha, u ham 10tadan ortiq top-kompaniya bilan hamkorlik qiladi - taniqli futbolchi uchun odatiy hol. Lekin Son Xyunning Janubiy Koreya reklama bozoridagi nufuzi aqlga sig‘mas darajada baland. Ba’zan uni mamlakatning eng mashhur fuqarosi sifatida e’tirof etadilar. Garchi ijtimoiy tarmoqlarda ayrim taniqli aktyorlar, sozandalar va pop-yulduzlardan keyinda tursada. Muhimi, «Tottenxem» futbolchisi J.Koreya televideniyesida turli mahsulotlar reklamasidan sira bo‘shamaydi. U hattoki, banklar xizmatini ham ovoza qiladi. Masalan, 2019 yili «SuperSon» muzqaymog‘i reklamasida qatnashganidan keyin mahsulotning savdo hajmi birdaniga 2 baravar oshdi, summa bir yil oldingi ko‘rsatkichga nisbatan naq 80 foiz ko‘paydi. «Son Xyunning reklama bahosi Janubiy Koreyada eng qimmatlaridan biridir. Muhimi, u g‘olibona yurishini davom ettirsa, telefoni muntazam ravishda jiringlayveradi. Son - yorqin va sog‘lom imidj sohibi. Shuning uchun u bilan hamkorlik qilishga intiladigan brend va kompaniya­lar sanog‘i yo‘q», - deydi nomi oshkor etilishini istamagan koreyalik marketolog.

Qizig‘i shundaki, futbolchi Koreya bozoridan tushgan reklama buyurtmalarining asosiy qismini mavsumlar oralig‘i - xorijiy safarlar va ta’til davrida ado etadi. Son Xyunning otasi o‘g‘liga doimiy hamroh. Aynan u tasvirga olish guruhini maksimal tezlikda ish olib borishga undab turadi. Futbolchining o‘zi esa maydon tashqarisidagi faoliyat doirasini yanada kengaytirish maqsadida ofisi Los-Anjelesda joylashgan CAA Sports kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. «U Janubiy Koreyada ko‘plab kelishuvlarga erishib, global mashhurlikka erishdi. Endi chegarani yanada kengaytirish niyatidamiz», - dedi Odo­noxyu Sport Business nashriga bergan intervyusida. Futbolchi avvalroq koreyalik pop-yulduzlar Ban Min A hamda Yu So Yun bilan uchrashib turardi. Hozircha unda qallig‘i yo‘q. Chunki otasining maslahatiga binoan, futbolchilik faoliyatini yakunlashidan avval uylanmoqchi emas. «Otamning fikriga to‘liq  qo‘shilaman. Uylangan futbolchi uchun oila birinchi o‘ringa chiqadi, turmush o‘rtog‘i, farzandlar, undan keyin futbol. Hamonki, top-saviyada o‘ynar ekanman, futbol birinchi o‘rinda qoladi. Faoliyatim nihoyasida, ya’ni 33-34 yoshda uylansam ham bo‘laveradi. Albatta, uzoq va baxtiyor oilaviy hayotdan umidvorman» - Son Xyun Minning bu boradagi qat’iy qarori shunday. 

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:03, 25.08.2022.
O'qildi: 3790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.