"Everton" himoyachisi Maykl Kin boshqa jamoaga o‘tishi mumkin, deb xabar beradi Football Insider.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli angliyalik futbolchiga "Nottingem Forest" da’vogarlik qilmoqda. Premyer-liga debyutanti futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.
Kin o‘tgan mavsumda "Everton" tarkibida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.













