Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Arsenal" uni xarid qilsa, butun tizim xavf ostida qoladi

"Arsenal" uni xarid qilsa, butun tizim xavf ostida qoladi

Baho:
+ | -

Transfer yangiliklariga ko‘ra, "Arsenal" yaqin orada "Real" futbolchisi Marko Asensioni sotib olishi mumkin. Mikel Arteta jamoadagi muhitni yaxshilash va kerakli futbolchilarni sotib olish borasida izlanishlar olib bormoqda. Variantlar orasida esa Marko Asensio ham bor. Futbolchining agenti ayni damda London bo‘lib turgani aytiladi. Ha, agarda Asensio Emirates stadioniga kelsa, Arteta tarkibi yanada kuchayadi. Ammo ayni damda, bu hujumchining kelishi, jamoaning ayrim futbolchilariga muammo tug‘dirishi mumkin. Quyida Asensioning "Arsenal"ga kelishini yaxshi kayfiyat bilan kutib olmaydigan o‘yinchilar nomi keltirib o‘tiladi.

Oleksandr Zinchenko

Arteta Zinchenkoni chap qanot himoyasi uchun xarid qilgan. Ammo ukrainalik futbolchining yarim himoyadagi qobiliyatini ham unutmaslik kerak. Zinchenko Ukraina terma jamoasida yarim himoya, xususan, hujumkor chiziqda yordam berib keladi. Shu sabab "Arsenal" safida ham ayni shu pozisiyalarda ham o‘ynashni istashi aniq. Ammo Asensio o‘ninchi raqam o‘rnida katta tajribaga ega. Tabiiyki, uning darajasi Zinchenkonikiga qaraganda yuqori. Agarda "Real" futbolchisi Londonga kelsa, u holda Zinchenkoning yarim himoyada o‘ynash umidlari puchga chiqishi aniq. Bu esa sobiq "shaharliklar" vakili uchun yaxshi yangilik bo‘lmaydi.

Emil Smit-Rou

Klub tarbiyalanuvchisi o‘tgan mavsumda ajoyib daraja namoyish etgandi. Ammo yangi mavsumda, asosan zaxiradan maydonga tushirildi. Jahon chempionati o‘tkaziladigan yilda esa, tabiiyki har bir futbolchi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsam deydi. Smit-Rou ham. U Qatarga borishni istasa, "Arsenal"da o‘zini ko‘rsatib turishi kerak. Sautgeytning ko‘ziga yaxshi ko‘rinish oson ish emas, harxolda. Asensioning jamoaga kelishi esa Smit-Rouning shundoq ham cheklangan o‘yin vaqtini butunlay yo‘qqa chiqarib qo‘yishi mumkin.

Fabiu Viyeyra

Portugaliyalik futbolchining "Arsenal"dagi faoliyati yengil jarohat bilan boshlandi. Viyeyra APLning yangi mavsumini dastlabki ikki o‘yinida jarohat sabab qatnashmadi. "Bornmut" hamda "Fulxem" bilan bahsda esa qaydnomaga kiritilgandi. Ammo foydalanilmadi. Martin Edegorninh hozirgi formasida Viyeyraga imkon berilishi qiyin tuyuladi. Biroq, Asensio ham olib kelinsa, u holda Viyeyra batamom zaxiraga mixlanib qolishi mumkin. Bu esa hech bir futbolchiga yoqmaydi, albatta.

Reiss Nelson

"Xoffenxaym" hamda "Feyenoord" tarkibidagi nursiz o‘yinlaridan keyin, Nelson yana "Arsenal" safiga qaytdi. U bu yil 23 ga to‘ladi. Shu sabab "Arsenal"ga kerak ekanini tezroq isbotlashi lozim. Saka va Martinelli undan yoshroq bo‘lishiga qaramay, asosiy tarkibda harakat qila boshladi. Shuningdek, Smit-Rou ham tarkibni tanlab olishda Nelsondan ustun turadi. Asensioning xarid qilinishi esa, Nelsonni hammasidan ayirib qo‘yishi mumkin. Albatta, ikki pozisiyada beshinchi tanlov futbolchisi bo‘lish hech kimga yoqmaydi. Ammo "Real" yulduzini olib kelinishi Nelsonni o‘sha beshinchi darajali futbolchiga aylantirib qo‘yishi, ehtimoldan holi emas.

 

 


ISMATOV J.

Manba: teamtalk.com
Kiritildi: 16:01, 29.08.2022.
O'qildi: 13543 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик