Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Diyor Imomxo‘jayev «Nasaf» - «Lokomotiv» o‘yinida belgilanmagan penalti va ishlamay qolgan VAR haqida fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev «Nasaf» - «Lokomotiv» o‘yinida belgilanmagan penalti va ishlamay qolgan VAR haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Nasaf» -  «Lokomotiv» o‘yinidagi quyidagi holat uchun penalti qo‘yish kerak deb hisoblaydiganlar futbolni ko‘rishni kecha boshlagan bo‘lishi katta ehtimol. Bu yerda hech qanday penalti yo‘q.

VAR masalasida esa texnik muammo bor, bu faqatgina VAR videosignalining monitorga yetib kelmasligi bilan bog‘liq. Qolgan barcha holatda VAR to‘liq ishlagan. Futbolchi va murabbiylarning gaplari ham VAR tomonidan aniq-tiniq yozib olingan. Bu Tartib-intizom qo‘mitasi uchun as qotadi.

Monitorga signal yetib kelmasligi so‘nggi 15 daqiqada kuzatilgan. Agar bosh hakam VAR orqali ko‘rishi shart bo‘lgan holat qayd etilganida, takroriy lavhalar B reja bo‘yicha unga planshet orqali taqdim etilardi, deb tushuntirdi Hakamlar markazi. Unutmaslik kerakki, bosh hakam vaziyatni 100 foiz ko‘rgan va aniq xulosa chiqargan bo‘lsa, unda VAR chaqirig‘ini rad qilish huquqi mavjud.

Shunday ekan, kechagi fikrimizda qolamiz. Hakam uchrashuvni juda yaxshi boshqarib bordi. Ketma-ket uch uy o‘yinidan buyon raqib darvozasiga yo‘l topa olmayotgan, ketma-ket to‘rt o‘yindan buyon uy o‘yinida g‘olib chiqa olmayotgan jamoa muammoni boshqa joydan izlashi kerak. Agar yordam kerak bo‘lsa, faqatgina hakamlar emas, qaysi futbolchi qaysi joyda qanday o‘ynagani, ularning statistikasi qanday va maoshi qancha kabi savollarga javob topishga yordam berib yuboramiz. Hamma o‘z ishi uchun javob berishi eng to‘g‘ri yo‘l. Futbol hakamlari 30 yil davomida hech qachon hozirgidek shaffofroq va tozaroq ishlamagan. Va albatta xatolardan ular ham siz-u biz kabi kafolatlanmagan.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 18:03, 30.08.2022.
O'qildi: 5309 marta.
Fikrlar: 95 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.