Angliya premyer-ligasi transfer bozoridagi mablag‘lar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda Transfermarkt portali xabar bermoqda.
Premyer-liga klublari yozda futbolchilarni xarid qilish uchun 2 (!) milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi. Bu futbol tarixida birinchi marta sodir bo‘ldi.
Shu bilan birga, oliy liga vakillari yangi futbolchilarni xarid qilishda davom etayotganini alohida ta’kidlash lozim. Angliyada transfer oynasi 2 sentyabrga o‘tar kechasi yopiladi.













