Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-6 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor

Hammasi o‘zgardi – endi u qolmoqchi. Ronalduning qarorini nima o‘zgartirdi?

Hammasi o‘zgardi – endi u qolmoqchi. Ronalduning qarorini nima o‘zgartirdi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"dagi beqarorlik va klubni YECHLda qatnashmasligi, jamoa yulduzlaridan biri bo‘lgan Krishtianu Ronalduni jamoadan ketishi bilan bog‘liq xabarlarga sabab bo‘layotgan edi. Klub afsonasi jamoani o‘tgan mavsumdagi tarixiy antirekordidan so‘ng ketishni o‘ylay boshlagan. Ronalduning agenti bo‘lgan Xorxe Mendesh o‘z mijoziga yoz bo‘yi yangi klub qidirdi, ammo topa olmadi. Bugun bir voqea Ronaldudagi ketish kayfiyatini o‘zgartirgan deb ishoniladi. Quyida shu haqida gap boradi.

Endilikda 37 yoshli hujumchi "qizil iblislar" bilan qolishni o‘ylay boshladi. Bunga asosiy sabab esa klubning beshinchi xaridi edi. "MYU" kecha "Ayaks"dan 85,5 million funt evaziga Antonini xarid qildi. Braziliyalik vinger Niderlandiyadagi eng yirik transferdan biriga aylandi. Manchesterliklar rahbariyati esa bu voqeadan keyin Ronalduni jamoada qolishiga umid qila boshladi. "MYU" yozda 207 million funtni bor-yo‘g‘i 4 ta futbolchi olish uchun sarflab yubordi. Bular, Antoni, Kazemiro, Tirell Malasiya, Lisandro Martines hamda Kristian Eriksendir (tekin). Qolaversa, "Nyukasl"dan Martin Dubravka ijaraga olinmoqda.

Ronaldu esa so‘nggi xaridga qadar YECHLda ishtirok etadigan klub qidira boshladi. Bu esa uning besh martalik chempionligiga yana bir titul qo‘shish umidi bilan bog‘langandi. Ten Xag ham uni ketishiga qarshi emas. Negaki, Ronaldu omili jamoaning umumiy kayfiyatiga salbiy ta’sir qila boshlagan. Shu sababli bosh murabbiy uni so‘nggi ikki bahsda zaxirada qoldirdi. To‘g‘ri, ten Xag doimo Ronaldu bilan ishlashni orzu qilgan. Ammo bu munosabatlar murabbiy qarorlari asosida bo‘lishi kerak edi. "Qizil iblislar" esa dastlabki ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganiga qaramasdan, "Liverpul" hamda "Sautgempton" ustidan qozonilgan g‘alabalar sabab turnir jadvalida keskin yuqoriladi. Ayni damda jamoa himoya hamda yarim himoyadagi kamchiliklarni to‘g‘irladi. Qanotdagi hujum uchun Antoni olib kelindi. Biroq, Ronaldu sababli top darajadagi hujumchisiz qolmoqda.

Shu sababli ham klub Ronalduning ketish kayfiyatini o‘zgartirishga harakat qilmoqda. Bu uchun esa unchalik ham yulduzga aylanib ulgurmagan futbolchi uchun 100 million yevrodan voz kechdi. O‘z navbatida Ronaldu ham jamoada qolishni jiddiy o‘ylashga kirishgan.
"Ayaks" bosh murabbiyi Alfred Sxryoder "MYU"ning Antoni uchun katta pul sarflagani hamda braziliyalik futbolchining bunga munosabatini tanqid ostiga oldi. U shunday dedi: "To‘langan summa shunchaki daxshatli. "MYU" o‘tgan mavsumda Sanchoga ham 100 million yevrodan ortiq pul sarflagan. Endi esa Antoniga shuncha harajat. Shu yerda bir o‘rinli savol tug‘iladi: bu futbolchilar ketkazilgan mablag‘larga arzirmikin? Menimcha, yo‘q!".


Antoni "MYU"ga o‘tish uchun "Ayaks"ni so‘nggi ikki bahsida qatnashmadi hamda umumiy jamoadan alohida mashg‘ulotlar o‘tadi. Bu holni ham Sxryoder tanqid qilgandi: "Bu – yomon. Juda ham g‘ayritabiiy holat. Uning maqsadi birdaniga o‘zgarib qolgani, meni hayratga soldi va men bundan g‘azabdaman", - deydi niderlandiyalik mutaxassis.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:26, 31.08.2022.
O'qildi: 9264 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.