Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Qizaloqlariga salom va «sariq»

Qizaloqlariga salom va «sariq»

Baho:
+ | -

La Liganing dastlabki ikki turidan keyin turnir jadvalining yuqorisida «Vilyarreal» turibdi - Unai Emeri jamoasi avvalgi dam olish kunlari Madridda «Atletiko»dan 3 ochko tortib oldi - 2:0.

O‘yin juda keskin tus oldi, tomonlar navbati bilan xafvli vaziyatlar yaratishdi. Hisobni esa ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Jeremi Pino ochdi. «Vilyarreal» ikkinchi golni 90+7-daqiqada nishonladi - Jerar Moreno butun faoliyati davomida «Atletiko» darvozasini ilk marta nishonga oldi.

Morenoning «matraschilar» bilan o‘yinlardagi «quruq» seriyasi Ispaniyada allaqachon memlar mavzusiga aylangan edi. «Nega haligacha «Atletiko» darvozasiga gol urmaganman? Qachondir bu ishni uddalasam, osmon qulab tushishidan qo‘rqAman...», — deya hazillashgandi futbolchining o‘zi bu masalada. Xullas, Jerar «Atletiko»ga qarshi 16-o‘yinda «matraschilar»ga birinchi golini tortiq etdi. Futbolchi buni o‘z usulida nishonladi - tilini chiqargancha kameraga boqdi. Jerar odatda o‘z gollari sharafiga shu harakatni amalga oshiradi. Biroq Morenoning «til chiqarish» sahnasi «Atletiko» muxlislariga sira yoqmadii, ular bun ihaqorat o‘rnida qabul qilishdi va Jerarga nisbatan kuchli hushtakbozlik yangradi. Bosh hakam Rikardo Bengoechea esa Morenoning golni nishonlash usulini sportchiga xos bo‘lmagan harakat sifatida baholab, uni sariq kartochka bilan «siyladi». Natijada maydonda to‘s-to‘polon boshlanib ketdi. 

Moreno o‘yindan keyin barchasini alohida tushuntirdi: «Meni yaqindan taniydiganlar yaxshi bilishadi, hech qachon kimgadir hurmatsizlik qilmayman. Golni nishonlashda kameraga qarashdan maqsad, shu tariqa uydagi qizlarimga salom yo‘llayman. Agar kimdir ranjigan bo‘lsa, kechirim so‘rayman. Aslida hech qanday yomon ish qilmadim, faqat buni haqorat sifatida ko‘rishdi. To‘g‘risi, bu holatda o‘zimni oqlash uchun qo‘limdan boshqa hech narsa kelmaydi». «Vilyarreal» esa Morenoga ko‘rsatilgan sariq kartochka bo‘yicha apellyasiya berishga chog‘lanmoqda.

«Vilyarreal» bosh murabbiyi Unai Emeri faoliyati davomida «Atletiko» ustozi Diyego Simeonedan ilk marta ustun keldi. Vaholanki, u argentinalik mutaxassis bilan oz emas, ko‘p emas naq 20-marta to‘qnashdi. Endi Emeri oldida yengilmas raqib sifatida birgina Xosep Gvardiola qoldi. Boz ustiga, u Pep bilan o‘zaro 12ta o‘yindan 8tasida mag‘lubiyatni tan olgan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:20, 01.09.2022.
O'qildi: 1258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик