Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 05:00 Peru - Urugvay
12/10 19:00 Dinamo 0-1 Navbahor

Benzema va Levandovski: mavsumning asosiy snayperlar duelining dastlabki natijalarini sarhisob qilamiz

Benzema va Levandovski: mavsumning asosiy snayperlar duelining dastlabki natijalarini sarhisob qilamiz

Baho:
+ | -

Messi va Ronaldu o‘rtasidagi qarama-qarshilikka munosib o‘rinbosar.

La Ligada to‘qqiz mavsum davomida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasida epik duel bo‘lib o‘tdi. Ispaniyada birga o‘tkazgan vaqt davomida ular birgalikda 640 ta gol urishdi: portugaliyalik 311ta, argentinalik uchun 329 ta gol. Krishtianu va Leo La Liga va ularning klublari tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchilarga aylanishdi va yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida saqlanib qolgan rekordlarni yangilashdi.

Ikkala futbolchi ham klublar o‘rtasidagi raqobatni timsol qilib ko‘rsatishdi. Ronaldu, keyin esa Messi ketganidan keyin La Liga biroz yetim qoldi. Ammo endi ularda raqobat qiluvchilar bor: Karim Benzema va Robert Levandovski, ikkalasi ham hozir 34 yoshda.

Chempionatning so‘nggi turida ikkala hujumchi ham dubl qayd etib, Premiyerada eng yaxshi to‘purar bo‘lish uchun arizalarini tasdiqladilar: Karim “Espanyol”ga, Robert “Valyadolid”ga qarshi. Har ikki futbolchi birinchi o‘yinda gol ura olmadi, ikkinchi bahsda esa gol urishdi (polyak hattoki ikkita gol urdi) va uchinchi turda ikkitadan gol urishdi. Hozircha Levandovski xuddi “Real Betis” futbolchisi Borxa Iglesias kabi 4 ta gol bilan to‘purarlar jadvalida peshqadamlik qilmoqda, ammo Karim 3 ta gol bilan uncha ortda qolmagan.

Levandovski ham, Benzema ham mavsumni eng yaxshi tarzda boshlashdi - ikkalasi ham gol urishdi, ikkalasi ham maksimal o‘yin vaqtini olishdi (270 daqiqa). Karim madridliklarning o‘yiniga katta ta’sir ko‘rsatdi: u polyakdan ikki baravar ko‘proq uzatma berdi (134: 65), qo‘shimchasiga, fransuz raqib jarima maydonchasida faolroq, Karim 31 marta u yerda to‘pga tegingan, Levandovski esa 22 marotaba.

Benzema darvozaga ko‘proq zarba berdi, lekin Levandovski ko‘proq gol urdi: Karimga 3 ta gol urish uchun 20 ta, Robertga esa 4 ta gol urish uchun 14 ta urinish kerak bo‘ldi.

“Espanyol”ga qarshi bahsdagi dublidan so‘ng Benzema Ispaniya chempionati tarixidagi yettinchi to‘purarga aylanib oldi – hozirda uning hisobida 222 ta gol bor. U yeng yaqin bo‘lganlar Di Stefano (227) va Raulni (228) ortda qoldirish uchun Karimga 7 ta gol kerak.

Levandovski va Benzema qarama-qarshiligi Ispaniyadan ham oshib ketadi va Chempionlar ligasida lavom etadi. Ikkala futbolchi ham Yevropaning asosiy turnirida to‘purar bo‘lishlari mumkin. Ayni damda Krishtianu 141 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda, Messi (125 ta), uchinchi o‘rinda esa Karim va Robert 86 tadan gol bor.

Ikki faxriy hozirda o‘z sport formasining eng yuqori cho‘qqisida, Benzema o‘tgan mavsumni faoliyatidagi eng yaxshi 44 gol va Levandovski 50 gol bilan yakunladi. 16 oktyabr kuni futbolchilar Bernabeuda yuzma-yuz uchrashadilar: mavsumdagi ilk Klasiko. Ammo sirtdan ular o‘rtasidagi kurash La Liganing har bir turida va Chempionlar Ligasining har bir o‘yinida davom etadi.

Kiritildi: 22:57, 01.09.2022.
O'qildi: 3763 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.