"Chelsi" himoyachi Dyudjon Sterlingni to‘rtinchi bor ijaraga berdi.
22 yoshli futbolchining transferi haqida "Stok Siti" ma’lum qildi. Ijara shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
Sterling Chempionshipda uchinchi marta o‘ynaydi. Ilgari u "Blekpul" va "Uigan" jamoalari sharafini himoya qilgan, 2018/19 yilgi mavsumda esa Angliya uchinchi divizionida o‘ynagan "Koventri" jamoasida bo‘lgan.