Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Yozda Yevropada amalga oshirilgan eng yirik 11 ta transfer

Yozda Yevropada amalga oshirilgan eng yirik 11 ta transfer

Baho:
+ | -

Yevropaning "kuchli beshlik" chempionatlarida transfer oynasi yopildi. Sizlarga yozning eng yirik 10 ta transferini keltirib o‘tamiz.

Rafinya

Qayerga: Barselona (Ispaniya)

Qayerdan: Lids (Angliya)

Narxi: 58 million yevro

Marselo Byelsa boshchiligida sezilarli yutuqlarga erishgan va "Lids"ga jiddiy daromad keltirgan yana bir futbolchi. Rafinya "tovuslar"ning eng qiziqarli hujumkor o‘yinchilaridan biri edi va unga da’vogarlar ko‘p edi. "Chelsi" va "Arsenal" braziliyalik futbolchini APLda saqlab qolishga harakat qilishdi, biroq futbolchining o‘zi Kataloniyaga borishni xohladi. "Barselona" moliyaviy muammolarga qaramay, Rafinyani sotib olish imkoniyatini topdi.

Biroq, hozircha braziliyalik futbolchining qaysi pozisiyada o‘ynashi unchalik aniq emas. "Barselona" Dembeleni saqlab qoldi, shuningdek, tarkibda Fati bor, Levandovski ham hujumni kuchaytirdi. Rafinya hujum qanotida o‘ynay oladi va ba’zilar uni hatto qanot yarim himoyachisi sifatida ham ko‘rishadi. Har holda, 25 yoshli braziliyalik "Kamp Nou"ga jiddiy tayanadi va shu paytgacha Xavi boshchiligida maydonga barqaror kirib kelmoqda.

Risharlison

Qayerga: "Tottenxem" (Angliya)

Kimdan: "Everton" (Angliya)

Narxi: 58 million yevro

Risharlison "Everton"dagi bir necha muvaffaqiyatli mavsumlardan so‘ng, kuchli klublari e’tiboriga tushdi. "Everton" Chempionlar ligasiga chiqish uchun kurashadigan jamoa bo‘la olmadi, "Tottenxem" esa yangi mavsumda YECHLda o‘ynaydi. Braziliyalik futbolchi uchun bir nechta da’vogarlar bor edi, lekin aynan "shporlar" eng samarali va aniq bo‘lib chiqdi.

Shu bilan birga, Antonio Konte qanday hujum tashkil qilishi hozircha aniq emas. Endi uning ixtiyorida Risharlisondan tashqari, Keyn va Son bor. Ushbu uchlikning har biri zaxira o‘yinchisi bo‘lishni emas, balki asosiy tarkibda o‘ynashni xohlaydi. Shu bilan birga, "Tottenxem"ning doimiy ravishda uchta hujumchi bilan o‘ynashini tasavvur qilish qiyin. Albatta, yangi mavsum juda uzoq bo‘ladi, ammo Konte barchani qanday qilib maydonga tushirishi haligacha sir.

Erling Xoland

Qayerga: "Manchester Siti" (Angliya)

Qayerdan: "Borussiya" Dortmund (Germaniya)

Narxi: 60 million yevro

Erling Xoland 2022 yilning yozida klubini o‘zgartirishini hamma oldindan bilar edi. Norvegiyalik futbolchi Dortmundning "Borussiya" klubi darajasidan yuqorilab ketdi va chempionlik uchun kurashish uchun katta jamoada o‘ynashni orzu qildi. Shu bilan birga, Xoland klub tanlash masalasiga mas’uliyat bilan yondashdi va bahorda hammasini hal qilib, bir vaqtlar otasi o‘ynagan "Manchester Siti" bilan shartnoma imzoladi. Hujumchining o‘zi ham "shaharliklar"ga muxlislik qilishini yashirmagandi.


Natijada, "Manchester Siti" yuqori darajadagi hujumchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Xolandning o‘zi endi o‘z maqsadlariga kuboklarni qo‘shishi mumkin, "shaharliklar" safida bu borada hech qanday muammo bo‘lmasligi aniq. "Borussiya" yana bir ajoyib transferdan mo‘maygina pul ishlab oldi. Xoland eng qimmat norvegiyalik futbolchi bo‘ldi, "Manchester Siti"ning eng yirik xaridlari ham, "arilar"ning eng qimmat savdosi reytingida ham uchinchi o‘rinni egalladi. Faqatgina, bularning barchasi qayerga olib borishini ko‘rish qoldi, xolos.

Mark Kukurelya

Qayerga: "Chelsi" (Angliya)

Qayerdan: "Brayton" (Angliya)

Narxi: 65,3 million yevro

Eng ko‘p pul qayerda ekanligini tushunish uchun odatiy transfer. Mark Kukurelyaga hurmat bilan aytadigan bo‘lsak, barcha futbol muxlislari uni tanimaydi. 24 yoshida u Ispaniya terma jamoasi safida atigi 1 ta o‘yin o‘tkazdi. Biroq, Kukurelya tarixdagi eng qimmat chap qanot himoyachisi, shuningdek ikkinchi eng qimmat ispaniyalik futbolchiga aylandi!

Aslida "Manchester Siti"da hamma Kukurelyani kutayotgandi, Xosep Gvardiola esa ispaniyalik futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni juda xohlardi. Biroq, "shaharliklar" "Brayton"ning haddan tashqari katta ishtahasini qondirishga jur’at eta olishmadi. Yozgi transfer kampaniyasida muvaffaqiyatsizlikka uchragan "Chelsi" hech bo‘lmaganda kimnidir sotib olish uchun har qanday pul to‘lashga tayyor edi. Albatta, Kukurelya juda ko‘p imkoniyatlarga ega. U buni o‘z vatanida ko‘rsatdi va Angliyadagi debyut mavsumini ajoyib o‘tkazdi. Shunga qaramay, 65 million yevrodan ko‘proq mablag‘ga uni sotib olish qandaydir jinnilik.

Matias de Lixt

Qayerga: "Bavariya" (Germaniya)

Qayerdan: "Yuventus" (Italiya)

Narxi: 67 million yevro

Balki bu transfer biroz hayratlanarli ko‘rinadi. Niderlandiyalik futbolchi yozda 23 yoshga to‘ldi va himoyachi uchun bu juda yosh. Uch yil avval "Yuventus" uning uchun 85,5 million yevro ajratgan va jiddiy raqobatga kirishgandi. Biroq Turinda de Ligt jahon miqyosidagi yulduzga aylana olmadi va “keksa sinyora” futbolchini ko‘proq rivojlantirishdan foyda yo‘q, deb hisobladi. Bu yozda niderlandiyalik futbolchi uchun munosib pul ishlab topish mumkin edi, bundan italiyaliklar foydalanishdi.

"Bavariya" bir vaqtning o‘zida "Chelsi"dan de Ligt uchun raqobatda g‘olib chiqdi. Myunxen bir yil oldin Alaba ketganidan keyin himoya markazini kuchaytirishi kerak edi. Le Ligt uchun "Bavariya" katta miqdordagi mablag‘ni yo‘qotdi va bu uni Lyuk Ernandesdan keyin klub tarixidagi qiymat bo‘yicha ikkinchi futbolchiga aylantirdi. Qizig‘i, niderlandiyalik futbolchining o‘zi transfer summasiga ko‘ra ikkinchi marta dunyoning eng qimmat 7 ta markaziy himoyachisidan joy oldi.

Aleksandr Isak

Qayerga: "Nyukasl" (Angliya)

Qayerdan: "Real Sosyedad" (Ispaniya)

Narxi: 70 million yevro

"Nyukasl" transfer oynasi yakunida klub xo‘jayinlari Saudiya Arabistonining tubsiz boy shayxlari ekanligini esladi. "Qarg‘alar" "Real Sosyedad"ga rad eta olmaydigan taklif yuborishdi. Bunday pul evaziga ispan klubi, albatta, sentyabrda 23 yoshga to‘ladigan Isakni sotib yubordi.

Ular shvesiyalik hujumchi haqida anchadan beri, u hali o‘smirlik chog‘ida va Stokgolmning "AIK" jamoasida o‘ynaganidan beri gapirishadi. Hujumchi 18 yoshga to‘lishi bilanoq Dortmundning "Borussiya" klubi uni darhol o‘z safiga qo‘shib oldi, lekin u Germaniyada o‘zini ko‘rsata olmadi, shuningdek, Niderlandiyaning "Villem II" jamoasida ijarada o‘ynadi. Natijada "arilar" uch yil avval Isakni "Real Sosyedad"ga sotib yuborishgandi. Ispaniyada shvesiyalik futbolchining faoliyati yomon ko‘rinish olmadi: 132 o‘yinda 44 gol va 8 golli uzatma. Agar Isak "qotil hujumchi" bo‘la olsa, "Nyukasl"da yana yillar davomida super forvard bo‘ladi, aks holda u shunchaki yaxshi hujumchi maqomida qoladi.

Kazemiro

Qayerga: "Manchester Yunayted" (Angliya)

Qayerdan: "Real Madrid" (Ispaniya)

Narxi: 70,65 million yevro

Balki bu oxirgi yillardagi eng kutilmagan transferlardan biri bo‘lsa kerak. Madridda Kazemiro yarim himoyadagi trioning eng yoshi edi. Aftidan, braziliyalik futbolchi jamoadan oxirgi bo‘lib ketishi kerak edi, ammo Modrich va Kroos Ispaniyada qolishdi. Biroq, janubiy amerikalik futbolchi yangi sayohatga otlandi. Endi Kazemironing vazifasi "Manchester Yunayted" maydonining markazini tartibga keltirish.


“Qizil iblislar” anchadan beri himoyaviy yarim himoyachiga muhtoj edi, shuning uchun Kazemiro jamoaga yordam berishi kerak. To‘g‘ri, "Manchester Yunayted" butun yoz davomida Frenki de Yongni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlab yurganini hisobga olsak, bu transfer biroz g‘alati ko‘rinadi. Braziliyalik futbolchini uning o‘rnini bosa olmaydi. Boshqa tomondan, "qizil iblislar" maydon o‘rtasida hech bo‘lmaganda jahon darajasidagi o‘yinchiga ega bo‘lishdi, endi esa uning atrofida yarim himoyani qurish uchun kimdir bor. "Real" esa 30 yoshli yarim himoyachi uchun munosib tovon puli ishlab oldi.

Darvin Nunyes

Qayerga: "Liverpul" (Angliya)

Qayerdan: "Benfika" (Portugaliya)

Narxi: 75 million yevro

Erling Xoland yangi klub tanlashga qaror qilganidan so‘ng, boshqa jamoalar Darvin Nun yes uchun kurash olib borishdi. Urugvaylik futbolchi "Benfika" bilan qiyin mavsum o‘tkazdi va barcha turnirlarda 41 o‘yinda 34 ta gol urdi. Shu bilan birga, Chempionlar ligasining 10ta uchrashuvida 6ta golga mualliflik qildi. Uzoq vaqt davomida "Manchester Yunayted" futbolchi favorit hisoblanardi, Erik ten Xag rahbariyatdan urugvaylik futbolchini qo‘lga kiritishni so‘radi. Biroq, Sadio Mane ketishga qaror qilganidan so‘ng, "Liverpul" futbolchi uchun kurashda g‘alaba qozondi.

Nunyes shu yozda 23 yoshga to‘ldi, shuning uchun "mersisaydliklar" uni kelajakka olib borishlari aniq. Biroz vaqt o‘tgach, u Jota va Dias bilan hujum triosini tuzishi kerak. Bu orada Nunyes katta ehtimol bilan rotasiya futbolchisi bo‘ladi, chunki o‘sha Saloh hali hech qayerga ketmaydi. Biroq, Angliyada o‘yinlar soni ko‘pligini va kelgusi mavsumdagi tig‘iz jadvalni hisobga olsak, Nunyes yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi va o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi.

Orelyen Chuameni

Qayerga: "Real" (Ispaniya)

Qayerdan: "Monako" (Fransiya)

Narxi: 80 million yevro

Madridning “Real” klubi shu yozda “PSJ” yetakchisi Kilian Mbappeni sotib olmoqchi edi, biroq u Parij klubi bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Shundan so‘ng, "Monako"ning himoyachi yarim himoyachisi Orelyen Chuameni sotib olish uchun ikkala jamoa yangi transfer jangida to‘qnash kelishdi. "Real" ham, "PSJ" ham "monegasklar"ga katta pul taklif qilishdi va futbolchini har tomonlama iltifot qilishdi. Chuameni bilan shartnoma imzolash har ikki klub uchun ham sharaf masalasidek tuyuldi. Natijada "Qirollik klubi" g‘alaba qozondi.


Chuameni o‘tgan mavsumda "Monako"ning yetakchi futbolchisi bo‘lgan va Fransiya terma jamoasidan o‘rin olgandi. Bu o‘zining mustahkamligi bilan ajralib turadigan himoyaviy yarim himoyachi. "Real"da fransiyalik futbolchi Kazemiroga munosib o‘rinbosar bo‘lishi kerak. Avvaliga Chuameni bu mavsumni moslashish uchun o‘tkazadigandek tuyuldi, ammo braziliyalik ketganidan keyin asosiy tarkibdagi joy hozir bo‘shab qoldi.

Uesli Fofana

Qayerga: "Chelsi" (Angliya)

Qayerdan: "Lester" (Angliya)

Narxi: 80,4 million yevro

"Chelsi"ning yana bir yirik transferi. Londonliklarga kuchliroq himoya chizig‘i kerak edi, lekin Kunde va de Ligtni qo‘lga kirita olmadi. Natijada, avvalroq “Lester” safida Angliya Premyer-ligasida o‘ynagan Uesli Fofana Angliya poytaxtiga ko‘chib o‘tdi. Fransiyalik futbolchi uchun "Chelsi" 80 million yevrodan ko‘proq pul to‘ladi, bu esa uni tarixdagi to‘rtinchi eng qimmat markaziy himoyachiga aylantirgan.

Fofana 21 yoshda, ikki mavsumda u Angliyada o‘zining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsata oldi. Garchi 80 million juda yuqori narxdek tuyulsa-da va bu kelajak uchun ko‘proq foyda keltirilishi kutilmoqda. Fofana, Kalidu Kulibalining nazorati ostida, kelgusi yillar davomida "Chelsi" himoyasining ustuniga aylanishi kerak. Asosiysi, fransiyalik yosh futbolchi unga berilgan barcha yutuqlarni oqlaydi.

Antoni

Qayerga: "Manchester Yunayted" (Angliya)

Qayerdan: "Ayaks" (Niderlandiya)

Narxi: 95 million yevro

Bu yozdagi eng katta transfer dostonlaridan biri braziliyalik futbolchi bilan bo‘ldi. "Manchester Yunayted" bosh murabbiy Erik ten Xag Antonini juda xohladi, ammo "Ayaks" uni qo‘yib yuborishni istamadi. Janubiy amerikalik futbolchining o‘zi ingliz klubiga o‘tishni talab qildi, ammo amsterdamliklar yetakchilardan birini saqlab qolish uchun bor kuchi bilan harakat qilishdi. Shunga qaramay, Antoni baribir o‘z so‘zida turib oldi va "Manchester Yunayted" 95 million yevro to‘lashga majbur bo‘ldi. Braziliyalik futbolchi buning evaziga Niderlandiya chempionati tarixidagi eng qimmat savdoga aylandi.

Ochig‘ini aytganda, Antonining statistikasiga nazar tashlasangiz, bu eng yaqqol transfer emas. O‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi Niderlandiya chempionatida 23 uchrashuvda atigi 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Antoni Chempionlar ligasida ancha yorqinroq harakat qildi - 7 ta uchashuvda 2 ta gol va 4 ta golli uzatma. "Manchester Yunayted"da braziliyalik futbllchini jiddiy raqobat kutmoqda, chunki "Old Trafford"da vingerlar yetarli. Biroq, Ten Xag Antonini juda yaxshi biladi...

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:10, 02.09.2022.
O'qildi: 6404 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.