Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Salom Qatar! Valensiya boshchiligidagi Ekvador bilan tanishamiz

Salom Qatar! Valensiya boshchiligidagi Ekvador bilan tanishamiz

Baho:
+ | -

Qatardagi yaqinlashib kelayotgan mundial jamoalari haqida so‘z yuritishda davom etamiz. Bu safar Ekvador haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Taxallusi - "uch rangli".

FIFA reytingida 44-o‘rin.

To‘rtinchi bor jahon chempionatiga boradi (2002, 2006, 2014, 2022).

D guruhi. Raqiblar: Gollandiya, Senegal, Qatar.

1-tur, 20-noyabr. Qatar - Ekvador

2-tur, 25 noyabr. Gollandiya - Ekvador

3-tur, 29-noyabr. Ekvador - Senegal

Avval qayd etilgan muvaffaqiyatlari

Ekvadorliklar guruhdan faqat bir marta, 2006 yilda chiqishgan xolos.

Ekvador-2006

Janubiy Amerika vakillari kosta-rikaliklar, polshaliklar, shuningdek, turnir mezbonlari – nemislar bilan bir guruhda o‘ynashgandi.

Polsha bilan o‘yinda "uch ranglilar", aksincha, autsayderlar safidan chiqqan holda harakat qildi, lekin hech bir jamoaga yaqqol ustunlik berib bo‘lmasdi. O‘yinning 24-daqiqasida Karlos Tenorio hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Agustin Delgado jamoasining ikkinchi golini urdi. Ishonchli va tabiiy ravishda ekvadorliklar bahsda g‘alaba qozondi.

Umuman olganda, navbatdagi o‘yin Ekvador uchun guruh bosqichi natijasini hal qilardi.

Kosta-Rika ustidan qozonilgan g‘alaba pley-offga chiqishni anglatardi. 8-daqiqadayoq ekvadorliklar hisobni ochishdi - Karlos Tenorio yana gol urdi. 54-daqiqada Agustin Delgado yana birinchi o‘yindagidek janubiy amerikaliklarning ustunligini ikki barobarga oshirdi. 92-daqiqada esa Ivan Kaviyedes uchinchi golni urib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi. 3:0 - Ekvador birinchi marta pley-offga chiqdi. Ammo shuni ta’kidlash joizki, Kosta-Rika halokatli hisobda bo‘lsa-da, Ekvador uchun qandaydir muammolar tug‘dira oldi va o‘yinni Ekvador uchun oson o‘tdi deb bo‘lmadi.