Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

Diyor Imomxo‘jayev O‘FAga murojaat qildi: Katta kemaning faqat bir yonida eshkakchilar ishlayvergani bilan kema tez suzib ketmaydi

Diyor Imomxo‘jayev O‘FAga murojaat qildi: Katta kemaning faqat bir yonida eshkakchilar ishlayvergani bilan kema tez suzib ketmaydi

Baho:
+ | -

Nodirxo‘ja Yo‘ldoshevning postida Diyor hakamlar pulini oshirishi kerak, degan joyi bor ekan (slishkom "krutoy" odam bo‘lib ketganimni bugun bilibman). PFL rahbari sifatida 2020 yildan buyon ishlab kelayotgan bo‘lsam, shu vaqt ichida Superliga hakamlarining gonorari 2,5 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha oshdi. Bugungi kunda oyda 3 ta katta va 1 ta kichkina o‘yin boshqaradigan hakamning 20 mln so‘mdan ko‘proq puli bor. Bitta turda ayrim hakamlar ham VAR mutaxassisi, ham bosh hakam sifatida ham ishlaydi. O‘zbekiston sharoiti uchun oyiga 15-25 mln juda yomon summa emas.

Bu yerda chindan ham obro‘sizlantirishga bo‘lgan intilish bor. Ahamiyatlisi, buni kim qilayotgani va kim shundan manfaatdor ekanigacha bilamiz. Albatta hakamlarga ko‘proq haq to‘lash kerak. Ayniqsa, ayollar chempionatida, Birinchi ligada ishlayotgan hakamlar gonorari past. Ammo bizni OKMK, NKMK, Neftgaz yoki shu kabi tashkilotlar moliyalashtirmaydi. Biz spirtli mahsulotlarni reklama qilib pul topmaymiz, bukmekerlik orqasidan ham pul ishlamaymiz. Moliyalashtirish manbalarimiz chegaralangan. Klublardan yiliga 6,5 mlrd pul olamiz va faqatgina hakamlar uchun 8 mlrd xarajat qilamiz.

Muammo borligini bilganimiz uchun ham taklif kiritishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Agar O‘FA Musobaqalar o‘tkazish bo‘limi ham yeng shimarib ishlab, ayollar chempionati, futzal chempionati kabi musobaqalarni o‘ziga olsa, Liga sifatida biz Superliga, Pro liga, Birinchi ligada faoliyat olib borayotgan hakamlar gonorarini yanada oshirishga erishamiz. O‘FA birorta katta musobaqani o‘tkazish uchun yordam berishi kerak. O‘zbek futbolining 110 yilligini nishonlash uchun 2 mlrd topilayotgan bo‘lsa, har yili shu 2 mlrd so‘mga bemalol futzal va ayollar chempionatini eplash mumkin. Qolaversa, FIFA doim ayollar futbolini ko‘tarish uchun yordamini ayamaydi, O‘FA bu borada izlansa, imkoniyati ko‘proq.

Hakamlik holatini ko‘tarish uchun eng yaxshi nomzod bizda bor, u kishini jahon taniydi. Mana shunday bir vaqtda hech kim bir chetda turmasligi kerak. O‘zPFL imkoniyatlari cheklangani holida shuncha musobaqa o‘tkazaversa va yordam olmasa, o‘sish bo‘lmaydi. FIFA kunlarida Superliganing 14 ta klubi bosh murabbiylari, O‘zPFL Ijroqo‘mi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazib, yuqoridagi masalalarni konkret gaplashib olamiz. Katta kemaning faqat bir yonida eshkakchilar ishlayvergani bilan kema tez suzib ketmaydi, aylanib ketadi. Hozir shunday bo‘lyapti.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 06:37, 04.09.2022.
O'qildi: 3081 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.