Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Azmunning mahbubasi futbolchining ustidan sudga shikoyat qildi

Azmunning mahbubasi futbolchining ustidan sudga shikoyat qildi

Baho:
+ | -

- Azmun hashamat uchun 50 bosh ot boqadi, ammo o‘z qizini ta’minlashdan bosh tortadi - eronlik futbolchining sobiq mahbubasi «SE» nashri or­qali shunday nola qildi.

Sardor Azmun o‘tgan qish «Zenit»dan Germaniyaning «Ba­yer» klubiga yo‘l oldi, ammo uning Rossiyada hali hal etilmagan ishlari ham bor. 2021 yilning dekabr oyida eronlik hujumchi ishi bo‘yicha otalikni aniqlash va aliment undirish yuzasidan birinchi sud majlisi o‘tkazilgandi. Joriy yilning iyunida esa futbolchining sobiq mahbubasi Aliya sud hukmini qo‘lga oldi, biroq...

Sud eronlik futbolchi Aliya qizining otasi ekanligini tasdiqladi va unga farzandini to‘liq ta’minlash majburiyatini yukladi. Biroq «Zenit»ning sobiq hujumchisi bu hukmga nisbatan apellyasiya berdi. Demakki, sud jarayoni davom etadi. Hozirda yakuniy qaror qachon qabul qilinishini hech kim bilmaydi. Azmun va Aliyaning o‘zaro munosabatlari 2018 yili boshlangan. Eronlik o‘sha vaqt «Rubin»da o‘ynardi. Sardor Sankt-Peterburgga ko‘chib o‘tganidan keyin ham juftlik birga edi. Ammo futbolchi Aliyaning homiladorligidan xabar topgach, u bilan aloqani uzishga qaror qilgan. Ke­yin otalikni tan olishdan ham bosh tortgan, lekin Aliyaga moddiy yordam ko‘rsatib turgan.

Sardor Azmunning qimmatbaho otlarga qiziqishi haqida ko‘p gapiriladi. Eronda uning alohida fermasi ham bor. Ta’kidlanishicha, hozirda futbolchi hisobidagi zotdor otlarning soni 50 boshdan oshgan. Tabiiyki, bu katta xarajat talab etadi. Eng qizig‘i, Aliyaning aytishicha, u o‘z qizi ta’minoti uchun pul ajratishni istamayotgan ekan. Qisqasi, qizaloqning onasi «SE» orqali futbolchi ustidan nola qildi: «Bilmadim, Azmun qanaqasiga xotirjam yashamoqda, ovqatlanib, uxlamoqda... Primorsk tuman sudi mening foydamga qaror chiqarganidan so‘ng Sardor iyul oyidan e’tiboran qiziga aliment yuborishni umuman to‘xtatdi. Oqibatda farzandim bilan og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qoldik, davlat nafaqasi hisobiga yashayapmiz. U bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishga harakat qildim, lekin foydasi bo‘lmayapti. Azmundan bunday shafqatsizlik kutmagandim. U o‘zini ko‘rsatish uchun hammaga yordam berishga tayyor: bolalar, nogironlar va muhtojlarga. Chunki kameralar va jurnalistlar nazariga tushishi kerak. Real hayotda esa buning aksi... Boshida boshqacha gapirgandi: «Mayli, bolani dunyoga keltiraver, tashlab qo‘ymanman. Mard yigitman, shunday ekan, qizimni 18 yoshga to‘lguniga qadar emas, balki butun umrim davomida ta’minlayman». Amalda bizni umuman bir ti­yinsiz qoldirdi. OAV bo‘lmasa, sizning nolangizni hech kim eshitmaydi. Mana, kuz mavsumi kelyapti, qizimga kiyim-kechak sotib olishim kerak. Lekin Sardor umuman yordam bermayapti. Yana bir muammo shuki, hali ishga chiqolmayman, chunki qizim endi 1 yoshga to‘ldi. Umid qilamanki, tez orada yakuniy sud qarorini olamiz, shunda Germaniyadagi vakolatli organlarga ali-ment­ni majburan undirish uchun murojaat yo‘llayman. Sardorni sira tushunmayman. Qarang, 50 boshdan ortiq otning hashamatda yashashini ta’minlayapti, ammo o‘z qizini boqishdan bosh tortmoqda. Buni aqlga sig‘dirish qiyin. U qanaqasiga xotirjam ovqatlanib, uxlayapti, bunisi menga qoron­g‘u...».

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 04.09.2022.
O'qildi: 3177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.