Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Top-darajadagi, biroq ayni paytda ishsiz murabbiylar

Top-darajadagi, biroq ayni paytda ishsiz murabbiylar

Baho:
+ | -

Hozirda ishsiz yurgan taniqli murabbiylar ro‘yxati juda uzun.

 Deylik, Germaniya milliy jamoasi boshqaruvida katta natijalarga erishish asnosida kimligini isbotlagan Yoaxim Lyov 1 yildan oshdiki, klublar takliflarini o‘rganish bilan band. Xo‘sh, yana kimlar bo‘sh yurishibdi?

Zayniddin ZIDAN. Buyuk Zizuning Fransiya milliy jamoasi va «PSJ»da ish boshlashi haqidagi gap-so‘zlar amalga ko‘chganicha yo‘q. Xullas, Zidan 2021 yilning may oyidan buyon bo‘sh murabbiy maqomida.

Maurisio POCHETTINO. Argentinalik mutaxassis mavsum-2021|2022 yakunida «PSJ» bilan xayrlashgani bo‘yicha hamon ta’tilda. Hozircha uning qachon ishga qaytishi haqida aniq ma’lumot ham yo‘q.

Yoaxim LYOV. 2021 yilning yozidan buyon hordiq chiqarayotgan yana bir murabbiy. Vaholanki, Lyov Germaniya milliy jamoasidagi missiyasini tugatgan vaqtdayoq OAVda uning oldida klub futboli yo‘nalishida ishlash uchun aniq takliflar yetarli ekanligi haqida yozilgandi.

Rafael BENITES. Ispaniyalik mutaxassis 16 yanvar kuni «Everton» bosh murabbiyi lavozimidan iste’foga chiqarildi. 7 oydan oshdiki, Benites yangi ish joyi topganicha yo‘q.

Ole-Gunnar SULSHER. 2021 yilning noyabrida «MYU» boshqaruvini topshirgan norvegiyalik murabbiy ham «uy­qu»da. Uning ta’tili qancha davom etadi, aytish qiyin... Hozircha 1 yilga qarab ketyapti.

Marselo BYELSA. Joriy yil fevralda «Lids» bilan xayrlashgan mutaxassis. Insayderlar yoz bo‘yi argentinalikni «Atletik» bilan bog‘lashdi, biroq Bilbao klubi yakunda bosh murabbiy roliga Byelsani emas, Ernesto Valverdeni tanladi.

Andre VILLASH-BOASH. Portugaliyalik mutaxassis 2021 yili «Marsel» bilan mojaroli tarzda orani ochiq qildi. Shu-shu uning xizmatiga munosib qiziqish yo‘q.

Klaudio RANYERI. 2022 yilning boshida «Uotford»dan ketgan italyan. Bahorda Ranyeri Italiya milliy jamoasida Roberto Manchini o‘rnini egallashi mumkinligi haqida xabarlar urchidi, lekin hammasi gap-so‘z maqomida qoldi…

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 04.09.2022.
O'qildi: 3861 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.