Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Yevropada eng ko‘p maosh to‘laydigan klublar haqida...

Yevropada eng ko‘p maosh to‘laydigan klublar haqida...

Baho:
+ | -

Premyer-liga va boshqa kuchli beshlikdagi Yevropa chempionatlari o‘rtasida haqiqiy moliyaviy jarlik ochildi. Yevropaning eng ko‘p maosh sarflaydigan 50 klubi reytingini ko‘rib chiqamiz.

Ingliz klublari joriy yozda yangi xarajat rekordini o‘rnatdi, klublar transferlar uchun taxminan 1,9 milliard funt sterling sarflashdi, bu Ispaniya La Ligasi, Italiya A Seriyasi va Germaniya Bundesligasini qo‘shib hisoblagandanda ko‘proq.

Shu bilan birga, Yevropaning barcha “katta beshlik” ligalari, jumladan, Fransiyaning chempionatini ham o‘z ichiga olgan yalpi xarajatlar 52 foizga oshib, 3,88 milliard funt sterlingni tashkil qildi.

Planet Football kompaniyasining FBref ma’lumotlariga asoslangan tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, eng ko‘p maosh to‘laydigan 50 ta klubdan 18 tasi Premyer-liga jamoalaridir.

Shu bilan birga, Lionel Messi, Kilian Mbappe va Neymar harakat qiladigan parijliklar reytingda yetakchilik qilmoqda, parijliklar yiliga maosh uchun 351,3 million funt sarflashadi.

Fransiya chempionlaridan keyin ikki ispan grandi – “Barselona” (300,1 million funt) va “Real” (241,3 million funt) klublari yetakchilik qilmoqda. So‘nggi mavsumlarda Germaniya chempioni "Bavariya" to‘rtinchi o‘rinda, nemislar maosh uchun yiliga 241,3 million funt sterling sarflashadi.

"Manchester Yunayted" Premyer-ligadagi barcha jamoalarni ortda qoldirib, reytingda beshinchi o‘rinni egallab turibdi. “Qizil iblislar” maosh uchun 223 million funt sarflashadi.

“Chelsi” (164,4 million funt), “Manchester Siti” (163,1 million funt) va “Liverpul” (141,8 million funt) ham eng ko‘p maosh to‘laydigan jamoalar o‘ntaligiga kirgan.

Eng ko‘p maosh to‘laydigan 15 klub ro‘yxati:

1. «PSJ» – 351,3 mln funt sterling;

2. «Barselona» – 300,1 mln funt sterling;

3. «Real Madrid» – 241,3 mln funt sterling;

4. «Bavariya» Myunxen – 230,2 mln funt sterling;

5. «Manchester Yunayted» – 223 mln funt sterling;

6. «Chelsi» – 164,4 mln funt sterling;

7. «Manchester Siti» – 163,1 mln funt sterling;

8. «Atletiko» Madrid – 148,4 mln funt sterling;

9. «Liverpul» – 141,8 mln funt sterling;

10. «Yuventus» – 136,7 mln funt sterling;

11. «Inter» – 108,6 mln funt sterling;

12. «Tottenxem» – 101,3 mln funt sterling;

13. «Vilyarreal» – 85,6 mln funt sterling;

14. «Arsenal» – 85,5 mln funt sterling;

15. «Borussiya» Dortmund – 81,4 mln funt sterling;

Kiritildi: 16:10, 05.09.2022.
O'qildi: 7436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.