Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

YECHL-2022/2023: Kimning imkoniyati qanday?...

YECHL-2022/2023: Kimning imkoniyati qanday?...

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, 25 avgust kuni Istanbulda Yevropa Chempionlar ligasining 2022|2023 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda 32ta jamoa ishtirok etdi: 26tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma sohiblari, 6tasi esa «pley-off» bosqichi orqali yetib kelishdi. Chempionlar ligasi guruh bosqichi taqvimi JCH-2022 munosabati bilan 8 haftaga qisqartirilgan. Guruh bosqichi 6 sentyabrdan 2 noyabrga qadar davom etadi. Final uchrashuvi Istanbuldagi «Otaturk» stadionida bo‘lib o‘tadi. Quyida esa har bir guruhdan keyingi bosqichga chiqishga kimning imkoniyati qandayligi haqidagi qisqacha mulohaza bilan tanishishingiz mumkin.

«A» GURUHI: «AYAKS», «LIVERPUL», «NAPOLI», «REYNJERS»

Juda qiziqarli guruh. «Ayaks» va «Napoli» - hujumkor o‘ynashga moyil jamoalar. «Liverpul» haqida-ku gapirishga hojat yo‘q. To‘rtlikdagi «Reynjers» yaqqol autsayderga o‘xshamoqda. Biroq, ulardan ham intriga kutish mumkin. Yurgen Klopp shogirdlari guruhdan chiqmasligi dargumon, shu bois «pley-off»ga 2-yo‘llanma uchun kurash nihoyatda qizg‘in kechadi. Umuman olganda, o‘yinlarni tomosha qilish uchun ham, intriga uchun ham juda yaxshi guruh.

«V» GURUHI: «PORTU», «ATLETIKO», «BAYER», «BRYUGGE»

Ushbu kvartetda yaqqol favoritni ajratib ko‘rsatish mushkul. «Portu» o‘tgan mavsumda Portugaliya chempionatida «konkida uchib o‘tdi», lekin YECHLda guruhdan chiqolmadi. «Ajdarlar» «Atletiko» bilan raqobatlashgandi. Diyego Simeone shogirdlari 7 ochko jamg‘arib, «Liverpul»dan keyin «pley-off»ga yo‘l oldi, «Portu» esa 5 ochko bilan 3-o‘rinda qolgandi. Keling, yangi mavsumda bu qarama-qarshilik qanday rivojlanishini ko‘ramiz. Joriy TOda tarkibini biroz kuchaytirgan «Bayer» «Portu» va «Atletiko» bilan raqobatlashishga harakat qiladi. «Bryugge»ni ham chetga chiqarmasilik kerak, chunki tarkibda bir nechta kuchli va qimmat futbolchilari bor.

«C» GURUHI: «BAVARIYA», «BARSELONA», 

«INTER», «VIKTORIYA»

Shubhasiz, «o‘lim» guruhi! «Bavariya» aql bovar qilmaydigan darajada kuchli futbol namoyish etmoqda, asosan yoshlardan iborat «Barselona» esa hali yo‘lda. Levandovskinigsh «Bavariya»ga qarshi o‘yinlarda ko‘rish ancha qiziq. «Inter» YECHL-2010 finalida aynan «Bavariya»ni mag‘lub etib g‘olib chiqqan. Ammo umuman olganda, qarama-qarshilikda to‘liq tenglik. «Barselona» uchun esa «Inter» ancha qulay raqib. Kataloniyaliklar YECHLda Milan klubini 10ta uchrashuvdan 6tasida mag‘lub etishgan, 3 marta durang o‘ynagan va faqat bitta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Chexiyaning «Viktoriya»si qanchalik baxtli ekan-a! Har qanday o‘yin Plzen uchun bayram bo‘lishi aniq.

«D» GURUHI: «AYNTRAXT», «TOTTENXEM», «SPORTING», «MARSEL»

Juda teng guruh. Ishtirokchilarning har biri nafaqat «pley-off»ga chiqishga, balki kvartetda g‘alaba qozonishga ham ishonishi mumkin. «Ayn­traxt» o‘tgan mavsumda Yevropa ligasida g‘olib chiqdi va bu bilan to‘xtab qolmaydi. «Tottenxem» Antonio Konte boshchiligida o‘z taraqqiyotida navbatdagi qadamni tashlamoqchi. Lissabonning «Sporting» klubi - hujumkor futbol namoyish etadigan jamoa. «Marsel» esa YECHLga qaytishni anchadan beri kutayotgandi.

«E» GURUHI: «MILAN», «CHELSI», «RB ZALSBURG», «DINAMO» Z.

Bu yerdagi ikki favorit aniq - «Milan» va «Chelsi» uzoq vaqtdan beri yuqori saviyada o‘ynashyapti. Bu ikki buyuk klub o‘rtasidagi raqobatni kuzatish qiziqarli bo‘ladi. «RB Zalsburg» - favoritlar bilan kurashda ochkolarga yopishib olishni kutadigan ambisiyali jamoa. Zagrebning «Dinamo»si ham anoyi emas, garchi qog‘ozda Xorvatiya klubi kvartetdagi eng kuchsizidek ko‘rinsa ham.

«F» GURUHI: «REAL», «RB LEYPSIG», «SHAXTYOR» D., «SELTIK»

Amaldagi kubok sohibi - «Real Madrid» guruhning so‘zsiz favoriti. Aftidan, Karlo Anchelotti jamoasi «pley-off»ga chiqish uchun ko‘p mehnat qilishi shart emas. «RB Leypsig», «Shaxtyor» va «Seltik» «qirollik klubi» bilan raqobatlasha oladigan jamoa­larga o‘xshamayapti. Lekin 2-o‘rin uchun kurash o‘jarlikni va’da qilmoqda. Tedesko jamoasini «Chelsi»dan qaytgan Timo Verner kuchaytirdi. Lekin «Shaxtyor» ko‘plab yetakchilarini yo‘qotdi, ammo baribir Igor Yovichevich jamoasi ma’lum bir kuchga ega. «Seltik» va «Shaxtyor» hamon klassda «Leypsig»dan pastroq, ammo Tedesko jamoasini hozircha barqaror deb bo‘lmaydi, shuning uchun bu guruhda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

«G» GURUHI: «MANCHESTER SITI», «SEVILYA», «BORUSSIYA» D., «KOPENGAGEN»

Qiziqarli guruh. «Manchester Siti» Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun navbatdagi urinishini boshlaydi. Gvardiola Dortmunddan sotib olingan Erling Xolandga jiddiy pul tikdi. Norvegiyalik darhol o‘zining sobiq jamoasiga qarshi o‘ynaydi, bu ham qiziq. «Siti» guruhdan chiqish yo‘lida muammolarga duch kelishi dargumon, ammo baribir «Sevilya» va «Borussiya» bilan o‘yinlar ajoyib bo‘lishi kerak. Daniya chempioni bo‘lgan «Kopengagen» ham bu kvartetda shunchaki tomoshabin bo‘lish niyatida emas.

«H» GURUHI: «PSJ», «YUVENTUS», «BENFIKA», «MAKKABI» X.

Bu yerda ikkita yaqqol favorit bor. «PSJ» Liga 1ning yangi mavsumini yangi bosh murabbiy Kristof Galtye bilan boshladi, ammo Parij klubi oldiga YECHLda g‘olib chiqish vazifasi qo‘yilgan, ularda kayfiyat kuchli. Neymar, Messi va Mbappe ham mavsum boshida ajoyib formada. «Yuventus» o‘tgan mavsum yo‘llanma olishning o‘zigayoq ancha qiynalgandi. Hozir Allegri Vlaxovichga ishonmoqda, Pog­ba va Di Mariyalar ham bor. «Benfika» o‘tgan mavsum milliy chempionatida 3-o‘rinni egalladi. Hozir esa Rojer Shmidtning guruhdan chiqish uchun «Yuve» bilan raqobatlasha oladigan jiddiy jamoa­si bor.

M.PO‘LATOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 05.09.2022.
O'qildi: 6581 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик