“Atalanta” 5-turdan so‘ng A Seriya turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.
Kecha Jan Pyero Gasperini shogirdlari "Monsa" ustidan g‘alaba qozondi (2:0).
Shu tariqa, Bergamo klubi 13 ochkoga ega bo‘lib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Napoli” va “Milan” 11 ochko bilan mos ravishda 2 va 3-o‘rinlarda bormoqda.
Ushbu mavsumgacha "Atalanta" o‘z tarixida hech qachon Italiya chempionatini beshinchi turdan keyin ham, undan keyin ham yolg‘iz boshqarolmagandi.
11 sentyabr kuni Gasperini jamoasi A Seriya 6-turi doirasida "Kremoneze" bilan uchrashadi.