Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasidagi o‘yinda “Leypsig” o‘z maydonida Ukrainaning “Shaxtyor” klubini qabul qilib, 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu natijadan so‘ng Domeniko Tedeskoning jamoa bosh murabbiyligidan chetlatilishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Mutaxassis bu haqda fikr bildirdi.
"Ishdan bo‘shatish haqidagi mish-mishlar? Bu murabbiylik ishining bir qismi, hamma narsa juda tez sodir bo‘ladi", - dedi germaniyalik murabbiyi DAZN bilan suhbatda.
Chempionlar ligasini yomon boshlaganidan tashqari, "Leypsig" jamoasi Germaniya chempionatida ham yomon o‘yin ko‘rsatmoqda. Beshta turdan so‘ng “buqalar” turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.