Himoyachi Serj Orye "Nottingem Forest"ga ko‘chib o‘tdi.
29 yoshli Kot-d’ivuarlik futbolchi erkin agent sifatida jamoaga qo‘shildi. Bu yil Premyer-ligaga qaytgan klub uchun Orye 22-transfer bo‘ldi.
Orye so‘nggi mavsumini "Vilyarreal"da o‘tkazdi va La Ligada 19 uchrashuvda 1 golli uzatmani amalga oshirdi. Bungacha u "Tottenxem"da o‘ynagan.













