Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» 5 yildan buyon YECHL guruh bosqichida mag‘lub bo‘lmayapti

«Bavariya» 5 yildan buyon YECHL guruh bosqichida mag‘lub bo‘lmayapti

Baho:
+ | -

«Bavariya» Chempionlar Ligasi 1-turida «Inter»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, myunxenliklar YECHL guruh bosqichi 1-turdagi g‘alabali seriyasini davom ettirdi. «Bavariya» 19 yildan buyon musobaqa startini muvaffaqiyatli boshlab kelmoqda. Shulardan 17 tasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan. Bu orqali nemis klubi o‘z rekordini yaxshilab oldi.

Shuningdek, Yulian Nagelsmann shogirdlari guruh bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini yana bittaga ko‘paytirdi.

So‘nggi bor «Bavariya» 2017 yil guruh bosqichining 2-turida «PSJ»ga mag‘lub bo‘lgandi. Shundan buyon nemislar 26 ta g‘alaba va 3 ta durang natija qayd etdi. Qayd etish joiz, ushbu o‘yinlarning barchasida myunxenliklar gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:40, 08.09.2022.
O'qildi: 1569 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик