Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Xurshid Xo‘jayev: «Buxoro» bilan ham yaxshiroq o‘ynashimiz kerak»

Xurshid Xo‘jayev: «Buxoro» bilan ham yaxshiroq o‘ynashimiz kerak»

Baho:
+ | -

“Mash’al”ga qarshi bahsda o‘z darvozasini ishonchli himoya qilib, g‘alabaga munosib hissasini qo‘shgan "Andijon" posboni Xurshid Xo‘jayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi navbatda g‘alaba qozonganimiz uchun Xudoga shukr. “Mash’al” bilan qiyin bo‘lishini bilardik va rostdan ham shunday bo‘ldi. Murabbiylar ham uchrashuvdan avval bizga “Mash’al”ni kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rsatib, bizni o‘yinga tayyorlashgandi.

Biz uchun muhim o‘yin edi. Chunki turnir jadvalining yuqori qismida zichlik yuzaga kelgan. Biz ko‘proq hisobga qarab o‘ynadik. “Mash’al” o‘z uyida kuchli o‘ynaydi. Keyingi uchrashuvida omad tilayman.

Bizda ketma-ket uchrashuvlar - 3 sentyabr kuni AGMK bilan, 7-kuni “Mash’al”ga qarshi maydonga tushdik. Endi 10 sentyabrda “Buxoro” bilan ham qiyin o‘yin kutib turibdi. Bu uchrashuvga ham tiklanib yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. O‘yinlarning orasi qisqa bo‘lganligi uchun biroz qiyin bo‘lyapti. Ammo Xudo xohlasa, umid qilamizki, hammasi yaxshi  bo‘ladi”, — dedi Xo‘jayev “Andijon” matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:54, 09.09.2022.
O'qildi: 1245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик