Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ulug‘bek Baqoyev: “Bir ochko qo‘lga kiritganimizni yutuq deb hisoblasak bo‘ladi”

Ulug‘bek Baqoyev: “Bir ochko qo‘lga kiritganimizni yutuq deb hisoblasak bo‘ladi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 18-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Ulug‘bek Istamovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Bugungi o‘yinda namanganliklar biroz ustunlik namoyish etishganini hamma ko‘rdi. Chunki bizning taqvim juda zich, 24 kun ichida 8-o‘yinda maydonga tushdik. Inson organizmining bunga dosh berishi mushkul. Shuning uchun ham bu bellashuvga aniq reja ishlab chiqqandik. Raqib bugungi o‘yinga ko‘proq tayyorlandi va menimcha, ular ko‘prog‘iga loyiq edi.
Bir ochko qo‘lga kiritganimizni yutuq deb hisoblasak bo‘ladi. Shu sababli shogirdlarimni tabriklab o‘tmoqchiman. Endi oldimizda turgan uchrashuvlar haqida o‘ylashni boshlashimiz lozim.

- Bu bahsda “So‘g‘diyona” Superligadan ko‘ra ko‘proq OFK va O‘zbekiston kubogiga e’tibor qaratmoqchiligini isbotlagandek ko‘rindi. Buning sabab tarkibmi?

- Yo‘q, bilasizmi, biz uchun har bir o‘yin muhim. Bir necha futbolchi jarohat olgani va yoshlarimiz terma jamoalardan chaqiruv olishganini inobatga olsak, rotasiya ham to‘liq kechmayapti. Bugungi o‘yin rejasida 3 nafar hujumkor futbolchi bilan harakat qilish bor edi. Shunchaki ularni ikkinchi bo‘limda maydonga tashladim va ular uchrashuv tempini oshira olishdi. Qaysi jamoga qarshi maydonga tushishimizdan qat’iy nazar, kuchimizni teng taqsimlashga harakat qilamiz.

- Sizning boshqaruvingizdagi “So‘g‘diyona” zerikarli futbol namoyish etyapti, deb hisoblaysizmi?

- Barchaning futbolga o‘z qarashi bor. Murabbiy va jamoa rahbarlariga nima muhim? Albatta, natija! Chiroyli o‘ynab, 15-o‘rinda yursangiz, bu kimga yoqadi? Biz natija va muxlislar uchun o‘ynaymiz. Bu bizning uslub, bizning falsafamiz.

- Bugun jamoangiz ko‘proq durang uchun harakat qildi. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

- Ta’kidlaganimdek, “Navbahor” kuchliroq o‘ynadi. Ammo biz ham harakat qildik. Xolisona fikr yuritsak, mehmonlar g‘alabaga haqliroq edi.

- Nima uchun jamoangiz durang uchun o‘ynadi? Bugungi g‘alaba “So‘g‘diyona”ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini oshirishi aniq edi. Yoki jamoangizning kuchi g‘alaba qozonishga yetmasdi, deb hisobladingizmi?

- Hozirgina 24 kun ichida 8 ta o‘yinda maydonga tushganimiz haqida aytib o‘tdim. Inson tanasi temir emas. U 15-20-30 daqiqa harakat qilishi mumkin. Ammo butun bellashuv davomida bir xil temp namoyish eta olmaydi. Shuning uchun ham biz rokirovkaga qo‘l urdik. Albatta, gol urishga harakat qildik, biroq bunday bo‘lmadi.

- O‘zbekiston kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Navbahor”ga qarshi bo‘lajak bahs haqida fikringiz qanday?

- Albatta, turnir jadvalida yonma-yon borayotgan jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv qiziq kechishi aniq. Namanganda futbol atmosferasi muxlislar bilan juda ajoyib bo‘ladi. Menimcha, bizni qiziqarli o‘yin kutib turibdi.

- Jamoangizning 3 ta frontda kurash olib borayotgani qiyinchilik tug‘dirmaydimi?

- Juda qiyin! Tiklanish jarayoni ancha og‘ir kechyapti. Shogirdlarimning barchasiga hurmat izhor etaman va minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 06:05, 11.09.2022.
O'qildi: 1666 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.