Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 19:00 Nasaf 2-0 OKMK
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta - Komo
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe

APLda kim qancha maosh olmoqda? (barcha yigirmata murabbiy ro‘yxati)

APLda kim qancha maosh olmoqda? (barcha yigirmata murabbiy ro‘yxati)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasini hozirgi kabi qiziq, shiddatli, kuchli va raqobatbardosh qilishda, unga tikilayotgan pullarning ta’siri katta. Buni yozda ingliz klublarining 1 milliarddan ortiq mablag‘ini transferlarga sarflab yuborganida ham ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Futbol ommasi ko‘pincha futbolchilar hamda ularning moashi haqida gaplashadi. Bugun biz sizlar bilan ularga murabbiylik qiluvchi insonlarning daromadiga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Quyida APL murabbiylarining moashi haqida so‘z boradi.

"Chelsi" yaqindagina Grem Potterni o‘ziga yangi murabbiy qilib tayinlagan edi. Ingliz mutaxassisi Londonga kelish orqali, Angliyada eng yuqori maosh oluvchi menejerlar ichida kuchli to‘rtlikka kirib oldi. U eski jamoasi, "Brayton"da yiliga 2 million funt olar edi. "Chelsi" esa Potterga bir mavsumda 10 million to‘lab beradigan bo‘ldi (Tuxelda bu ko‘rsatkich 7 million funtni tashkil etgan). Uning bitimi esa 5 yilgacha amal qiladi. Ammo u "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardioladan deyarli ikki baravar kam maosh bilan ta’minlangan. Gvardiolaga "shaharliklar" safidagi xizmatlari uchun har yili 19 million funt to‘lanadi. Bu esa Angliyadagi eng yirik ko‘rsatkichdir. Albatta, Gvardiola shunga loyiq hajmdagi ishni bajarmoqda. Harxolda, "Manchester Siti" APLda so‘nggi besh yilda to‘rt marta chempionlikka erishdi.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan. U aprel oyida tuzgan yangi bitimiga ko‘ra, yiliga 16 million funt bilan ta’minlanadigan bo‘ldi. Antonio Konte uchinchi pog‘onani band etadi. "Tottenxem" ustozi 2021 yilda yiliga 15 million funtlik shartnomaga imzo chekkan. Yuqorida aytilgandek, Potter va "Lester Siti" menejeri Brenden Rojers 10 million funt bilan to‘rtinchi va beshinchi o‘rinni band etgan. "MYU"ning yangi murabbiyi bo‘lgan Erik ten Xag keyingi o‘rinda tilga olinadi. U 9 million funt evaziga "qizil iblislar"ga bir yil davomida xizmat ko‘rsatadi.

Yettinchi o‘rinda "Arsenal"ning yosh murabbiyi bo‘lgan Mikel Arteta keltirilgan. Ispaniyalik sobiq futbolchi may oyida yillik qiymati 8,3 million funtlik yangi bitimga imzo chekkan edi. Keyingi qismlarda "Sautgempton" ustozi hamda "Aston Villa" yetakchisi keltiriladi. Xazenxyuttl va Jerrard 6 million funtlik maoshga ega. "Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard, "Vest Xem" ustozi Devid Moyes bo‘lsa, yillik, 5 million funt bilan qolgan o‘rinlarni egallagan. "Brayton"ni vaqtinchalik boshqarayotgan Adam Lallana 12 o‘rinda qayd etilgan bo‘lib, yiliga 4,7 million funt ishlab oladi.
Qolgan murabbiylarning maoshi quyidagicha taqsimlangan:
"Fulxem" - Marko Da Silva (4,5 mln.)
"Kristal Pelas" - Patrik Viyeyra ( 4 mln.)
"Nyukasl" - Eddi Xau (4 mln.)
"Vulverxempton" - Brunu Laje (2,5 mln.)
"Nottingem Forest" - Stiv Kuper (1,5 mln.)
"Brentford" - Tomas Frank (1,5 mln.)
"Bornmut" - Gari O'Neyl (noma’lum).

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:29, 11.09.2022.
O'qildi: 6689 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.