Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Navbahor», «Paxtakor» va «Metallurg» klublari jarimaga tortildi

«Navbahor», «Paxtakor» va «Metallurg» klublari jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

9 sentyabr kuni Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda bir qator ishlar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda eslatib o‘tilgan, biroq Tartib-intizom qo‘mitasi vakolatiga kirmaydigan, ammo “2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning buzilishi holatlari bo‘yicha O‘zPFL tomonidan jarimalar belgilanadi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Coca-cola kubogining ¼ finalidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Paxtakor” uchrashuvida Reglamentning 2 ta bandi buzilgan. Birinchi navbatda “Paxtakor” futbol klubi 15.8-band bo‘yicha qaydnomaga kirishi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini 90 daqiqa avval emas, balki 60 daqiqa avval taqdim etgan. Bu holat uchrashuv komissariga 15.4-band orqali izohlangan. Vaholanki, mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisi jamoa uchun emas, komissar uchun tegishli hisoblanadi. Mazkur holat OAV xodimlari, jumladan, uchrashuvlarni teletranslyasiya qiluvchi “Sport” telekanali, qolaversa, mezbon jamoa e’tiroziga sabab bo‘lgan. Boisi, “Navbahor” futbol klubi bellashuv komissariga qaydnoma bo‘yicha shaxslar ro‘yxatini 90 daqiqa avval taqdim etgan. Reglament bandining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishidan kelib chiqib, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Mazkur bellashuvning so‘nggi 20 daqiqasida “Navbahor” futbol klubi rasmiylari tomonidan Reglamentning 16.11-bandidagi holatga zid harakatlarni amalga oshirish boshlangan. Talab bo‘yicha maydondagi to‘p bilan qo‘shib hisoblaganda uchrashuvni tezroq davom ettirish maqsadida 8 ta to‘p hozirlab qo‘yilishi lozim. Shunga qaramay, mezbon jamoa hisobda oldinda borayotganidan kelib chiqib, “Navbahor” klubi rasmiylari to‘p uzatib turuvchi bolalar qo‘lidagi to‘plarni yashirishga harakat qilgan. Mazkur holatga O‘zPFL vakillari aralashganidan keyin, maydon atrofida 3 ta to‘p qoldirilgan. Qolgan to‘plar masalasi esa izohsiz qolgan. Shundan kelib chiqib, “Navbahor” futbol klubi jarimaga tortildi.

Ma’lumot uchun, Coca-cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Navbahor” uchrashuvida ham mezbonlar tomonidan shunday harakatni amalga oshirishga urinish komissar tomonidan qayd etilgan. Biroq O‘zPFL komissarining talabidan keyin maydondagi 8 ta to‘p o‘z joyida qoldirilgan.   

Shuningdek, Coca-cola Superliga 18-turindan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Metallurg” uchrashuvi yakunida mehmonlar matbuot xizmati tomonidan uchrashuv rasmiylariga nisbatan ayblovlar e’lon qilingan material chop etildi va klub jarimaga tortildi. Boisi, “Metallurg” futbol klubi Reglamentning 14-bobidan kelib chiqib, qaydnomaga rasmiy e’tiroz kiritmadi. Shundan kelib chiqilsa, bu yerda klub pozisiyasi bir xil emasligini ko‘rish mumkin. Har bir futbol klubida uchrashuv rasmiylarining harakat yoki harakatsizligiga nisbatan, shuningdek, uchrashuvni tashkil etish bilan bog‘liq holatlarga e’tiroz bildirish huquqi mavjud. Buni qanday amalga oshirish masalalari Reglamentga ko‘rsatib o‘tilgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:37, 12.09.2022.
O'qildi: 2168 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.