Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Kaxi Maxaradzega jiddiy chora ko‘rildi

Kaxi Maxaradzega jiddiy chora ko‘rildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan “Lokomotiv” PFK futbolchisi Kaxi Maxaradze va boshqalarning totalizator hamda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganligi holati yuzasidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan tegishli tartibda tekshiruv o‘tkazilib, Etika qo‘mitasida ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, “Lokomotiv” PFK futbolchisi Kaxi Maxaradze, futbolchi Yevgeniy Kochnev, Gruziya fuqarolari G.K. va CH.M. ismli shaxslar o‘zaro til biriktirib, firibgarlik yo‘li bilan boylik orttirish maqsadida, xitoylik o‘zini Jay deb tanishtirgan shaxsning ishonchiga kirib, totalizator kontoralari orqali “Lokomotiv” futbol klubining uchrashuvlarini Kaxi Maxaradze va boshqa futbolchilar bilan kelishgan holda o‘zlari uchun qoniqarli natija bilan yakunlashga yolg‘on va’da berib, ishontirganlar.

Xususan, shu yil 27 may kungi “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvida 2:0 hisobi qayd etilgan bo‘lib, K.Maxaradze, G.K., CH.M. va YE.Kochnevlar mazkur o‘yin uchun Jay ismli shaxsdan taxminan 30.000 AQSH dollari olib, o‘zaro bo‘lishib olganlar.

Bundan tashqari, “Lokomotiv”ning AGMK va “So‘g‘diyona” futbol klublariga qarshi uchrashuvlariga yuqoridagi shaxslar tomonidan pul tikish masalasi muhokama qilingan bo‘lsa-da, lekin bu amalga oshmagani aniqlangan (ushbu ma’lumot OFK va “Sportradar” tashkilotlari tomonidan ham tasdiqlangan).

Shundan so‘ng, “Lokomotiv”ning mehmonda Nasafga qarshi uchrashuvda mag‘lub bo‘lishini taxmin qilib, K.Maxaradze bu o‘yinni yutqazib berishiga Jayni ishontirib, u tomonidan totalizatorda pul tikilishiga sababchi bo‘lgan.

“Lokomotiv” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlanganidan so‘ng, Jay o‘zi tomonidan yutqazilgan 100.000 AQSH dollarini K.Maxaradze, CH.M., G.K. va YE.Kochnevlardan talab qilgan. Rad javobi olgach, o‘ch olish maqsadida ular haqidagi ma’lumotlarni O‘FA va OAVlarning elektron pochtalariga yuborgan.

O‘FA tomonidan tekshiruv boshlangach, Jay noqonuniy faoliyati natijasida o‘z mamlakatining tegishli tashkilotlari tomonidan javobgarlikka tortilishi mumkinligini anglab, yuqorida yuborgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi, suratlarni o‘zi yasaganligi haqida xabar yuborgan.

Yuqoridagilarni o‘rganib chiqish natijasida, O‘FA Etika qo‘mitasi yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Kaxi Maxaradze Intizom kodeksining tegishli bandlari bo‘yicha aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turlaridan 5 yil muddatga chetlatilib, yuz million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, futbolchi Yevgeniy Kochnev ham Intizom kodeksining tegishli bandlari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turlaridan 3 yil muddatga chetlatilib, o‘ttiz million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Tekshiruv davomida “Lokomotiv” PFKning boshqa futbolchilari va murabbiylari totalizator hamda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etmaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan unga aloqador bo‘lgan chet el fuqarolarining shubhali harakatlari bo‘yicha ma’lumotlar tegishli xalqaro tashkilotlarga yuborildi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi kelishilgan o‘yinlarni aniqlash bo‘yicha OFK va “Sportradar” bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib kelmoqda hamda shu kabi holatlar aniqlansa, aybdorlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantiradi, deyilada O‘FA xabarida.

Kiritildi: 11:24, 16.09.2022.
O'qildi: 6124 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.