Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Xoland yoki Mbappe. Qay biri yaxshiroq?

Xoland yoki Mbappe. Qay biri yaxshiroq?

Baho:
+ | -

 Mbappe Premyer-ligada o‘ynaganida ularni solishtirish yanada qiziqarli bo‘lardi. "Liverpul" va "Manchester Yunayted" uning transferiga umid qilmoqda. Kloppning jamoasida uning maydondagi o‘rin bo‘ladi, "Manchester Yunayted"da esa Ronaldu ketgach yetakchiga aylanar edi. Ayni paytda PSJda qolishga qaror qilingan. Mbappe "Real Madrid"ni o‘yin qilgan, bu qaror uning obro‘siga ta’sir etgan. Xoland hazillar va tabassumlar bilan undan bu borada ustundek. Keling, ularni solishtirishni boshlaylik.

Gollar samaradorligi

Erling endigina tanilishga intilayotgan payti, Kilian "Monako" safida raqib mudofaa chizig‘ini allaqachon buzayotgan edi. Ammo, o‘rtacha hisoblaganda Erling uchun natija yaxshiroqdir - 0,69 ga nisbatan 0,80. Xoland har 84 daqiqada, Mbappe har 107 daqiqada gol uradi. Kilianga osonroq bo‘lganini tushunamiz, chunki "PSJ" va Fransiya Norvegiya, Borussiya Dortmund yoki Zalsburgdan kuchliroq. Lekin fransiyalik futbolchi markaz hujumchisi emasligini ham hisobga olamiz. Ammo tan olish kerakki, ikki futoblchi ham ko‘p gol kiritadi. 

Natija: durang.

O‘yinga diqqatni jamlash

"Borussiya" bilan o‘yindan so‘ng Dortmund Erling beshta golli o‘yinda to‘pga besh marta teginishdan xursand bo‘lishini aytdi. Diqqat bu so‘zlar Xoland tomonidan yuz marta takrorlangan. Xolandning shaxsiy hayoti haqida nimalarni bilamiz? Uning qiz o‘rtog‘i ham yo‘q, bor vaqtini futbolga sarflaydi. Mbappening shaxsiy hayoti haqida nimalarni bilamiz? Shayxlardan ko‘proq pul olish uchun "Real" bilan muzokaralar o‘tkazdi. U bir model va yana bir nechta qiz o‘rtoqlar orttirgan. Xolandning hayoti zerikarliroq ko‘rinishi tabbiy - rep tinglash, sabzili parhez, video o‘yinlar o‘ynab turish, Manchester ko‘chalarida piyoda yurish. Mbappening hayoti boshqacharoq - reklama, biznes, ishlarga butun "PSJ"ni jalb qilish, Neymar bilan "qalin" do‘stlik. So‘nggi paytlarda doimo janjallar. Xoland futbolga ko‘proq vaqt ajratadi, uning asab tizimidagi yuk kamroq.

Natija: Xolandning g‘alabasi.

Chidamlilik

Klublar va terma jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi farq Kilian foydasiga 127 o‘yinni tashkil etadi. Xoland, tez o‘sib ulg‘ayganida, sog‘lig‘ida muammolar bor edi. Shifokorlar undagi jarohatlar oddiyligini aytgan, ammo futbolchi tunda uxlay olmaganini, tizzalari qattiq og‘riyotganini tan oldi. Mbappe yoshligida kamdan-kam uchraydigan jarohatlar tufayli bir nechta o‘yinni o‘tkazib yubordi, lekin ko‘pi bilan bir haftaga safdan chiqish holatlari kuztilgan. O‘tgan mavsumda Xoland Dortmundda o‘n oltita o‘yinni o‘tkazib yubordi. Kilian hozircha bu borada ustunroq.

Natija: Mbappe g‘alaba qozondi.

Funksiyalari

Kilian bu safar ham ustunligi ma’lum. De Bryuyne mashg‘ulotlarda Xolandni "Manchester Siti"ga mos o‘yin qilmasligi - o‘yinda ishtirok etishi, to‘pga tez-tez teginishlari va assistentliklari bilan mazax qildi. Ammo statistika norvegiyaliklar uchun gapiradi. Sakkizta o‘yin, allaqachon o‘n uchta gol urilgan. Mbappe 117 ta golli uzatma bergan bo‘lsa, Xolandda bor yo‘g‘i 39. O‘rtacha hisobda fransuz 213 daqiqada bitta golli uzatmani amalga oshirgan, norvegiyalik uchun - har 364 daqiqada bir marta, farq sezilarli. Uning ustiga Mbappe universalroq futbolchi. 

Natija: Mbappe g‘alaba qozondi.

Pozisiyani tanlash 

 "Manchester Siti" norvegiyalikni taklif qilib, o‘z uslubidan biroz chekindi. Lekin yaxshi maqsad uchun. Xoland o‘z rolini tushunadi, u ajoyib jismoniy tayyorgarlikka ega. YECHLda oyog‘i bilan yuqoridan kelayotgan to‘pni olish uchun cho‘zilish va sakrash kifoya edi, bunday epizodda qo‘nish esa mahorat talab qiladi. Xoland kaskadyor, Mbappe esa shaxsiyat inqirozini boshdan kechirmoqda. Mbappe sof qanot hujumchisi ham, hali markaziy hujumchi ham emas. Futbolda o‘z o‘rni, o‘z pozisiyasini anglab, shunga mos harakat qilish ham muhim. 

Natija: Xolandning g‘alabasi.

Qiyinchiliklarga moslashish

Erling Norvegiyadan Avstriyaga ko‘chib o‘tdi, "Zalsburg" tarkibida u Chempionlar ligasida hammani hayratga soldi. Mbappe "Monako" bilan turnirda muvaffaqiyatlarga erishdi. U to‘rt yil avval Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgandi. Xoland darhol "Manchester Yunayted"ga emas, Dortmundning "Borussiya"siga o‘tdi. Keyin u o‘zi chaqirilgan "Real" yoki "Barselona"ni tanlamadi, lekin darhol Premyer-ligaga o‘tdi. Mbappe esa, "fermerlar ligasi"ni tark etmadi. Hatto Norvegiyada ham Xoland 21 o‘yinda 20 ta gol urgan bo‘lsa ham, Erlingga Fransiyadagi Mbappedan ko‘ra muvaffaqiyat qozonish qiyinroq. Fransuz qiyin vaziyatlarda ko‘proq nomaqbul reaksiyalar ko‘rsatadi. Xoland esa har holatga ruhan tayyor.

Natija: Xolandning g‘alabasi.

Yakuniy natija: Mbappe – Xoland – 3:4 

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi. 

Manba: www.soccer.ru
Kiritildi: 18:21, 16.09.2022.
O'qildi: 5060 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.