Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Babayan: "Bugun barcha jabhada raqibdan ustun edik"

Babayan: "Bugun barcha jabhada raqibdan ustun edik"

Baho:
+ | -

Superliga 19-turi doirasidagi "Navbahor" – "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida

Birinchi navbatda muxlislarimizni tabriklayman. Chempionatda ketma-ket uchta durangdan keyin nihoyat kuchli jamoa ustidan g‘alaba qozondik. "Qizilqum" safida kuchli ijrochilar yig‘ilgan. Bu jamoa bilan uchinchi marta to‘qnash keldik va uchalasida ham g‘alaba qozondik. Shu bois yigitlarni tabriklayman. Bunday o‘yinlarda birinchi o‘ringa jamoaviy o‘yin chiqadi. Futbolchilarimiz muxlislarga bayram qilib berishmoqchi edi va buni uddalashdi. Hujumchilarimiz o‘yinni ancha vaqtli bizning foydamizga yakunlashlari kerak edi. Bugun barcha jabhada raqibdan ustun edik. Endi oldinga intilishda davom etamiz, 7 ta o‘yin biz uchun 7 ta finalga teng bo‘ladi. Har bir bahsda sifatli o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz.

Mirlan Murzoyev bugun ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ammo bir taym ham imkon bermadingiz. Asablaringiz dosh bermadimi?

- Jamoamizdagi barcha futbolchilar maydonga tushishi mumkin. Mirlanga bugun imkon berdik. Biroz o‘xshamadi va kichik jarohat ham xalal berdi. Murzoyevni Marushichga raqobatchi sifatida jamoaga olib kelganmiz. Raqobat bo‘lmasa, rivojlanish bo‘lmaydi. "Qizilqum" tarkibiga nazar solsangiz, terma jamoa sobiq yoki hozirgi kundagi a’zolarini uchratasiz. Kuchli jamoani bir yilda uch marta yutdik, barcha yigitlarimga "respekt"!
Asablarga kelsak, futbol shunday o‘yin, unda doim asabiylashish bo‘ladi. Agar asablar dosh bermasa, boshqa sport turlarini ko‘rishni tavsiya qilaman. "Navbahor" uzoq yillardan keyin ilk bor musobaqa jadvalining yuqori qismida va kuchli jamoalarga raqobatdosh bo‘lmoqda.

- Bugun Asad Sobirjonov 5+ bahoga o‘ynadi. Bu nima bilan bog‘liq?

- Asad ajoyib iqtidor egasi. Baxtimizga u bizga erkin agent sifatida kelgan, sobiq klubi uni shunday qo‘yib yuborgandi. Sobirjonovni kichkinaligidan bilaman, u 22 yoshda va yaqin kelajakda terma jamoa murabbiylari e’tiboriga tushadi deb o‘ylayman.

- Zoran Marushichga qanday baho berasiz? U Jizzaxda gol ura olmadi.

- Marushich 7 ta gol bilan jamoa to‘purari bo‘lib turibdi. Agar barcha vaziyatlardan foydalana olganida, to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak edi. Unga baho berishimni so‘radingiz - sifatli hujumchi. Shunchaki hali qiladigan ishlarimiz ko‘p.

- Jizzaxda jamoa nega yuta olmagandi?

- Oldingi uchta turning barchasida biz g‘alabaga loyiq edik, afsuski, vaziyatlardan foydalana olmadik. Hech bir o‘yinda yomon o‘ynamadik.

- Jamoa futbolchilariga xorijdan takliflar yo‘qmi?

- Maqsadimiz — tarkibdagi barcha futbolchilarni saqlab qolish va keyingi yilda ham natija ko‘rsatish. Transfer qilish emas.

Manba: "Қизилқум" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 23:51, 16.09.2022.
O'qildi: 3327 marta.
Fikrlar: 118 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.