Italiyalik mashhur murabbiy Klaudio Ranyeri "Monsa"dan tushgan taklifni rad etdi.
Xabarlarga ko‘ra, Jovanni Stroppa ishdan bo‘shatilgach, klub rahbariyati 70 yoshli mutaxassisga murojaat qilgan, biroq u rad javobini bergan.
Ranyerining so‘nggi ish joyi "Uotford" bo‘lib turibdi.
A Seriyaning joriy mavsumida "Monsa" 6 turdan keyin 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.