Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Trilogiya. Saul Alvares 12 raund davom etgan jangda Gennadiy Golovkinni mag‘lubiyatga uchratdi (video)

Trilogiya. Saul Alvares 12 raund davom etgan jangda Gennadiy Golovkinni mag‘lubiyatga uchratdi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenada O‘zbekiston vaqti bilan 18 sentyabr tongida boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning markaziy jangi super o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares va Gennadiy Golovkin o‘rtasida kechdi.

Bellashuvning dastlabki uch raundni o‘rtacha tempda o‘tdi va biroz ustunlik «Kanelo» tomonida bo‘ldi. To‘rtinchi raundga kelib meksikalik bokschi faollikni oshirib, keyingi uch raundda to‘liq ustunlik qildi.

8-raundda Golovkin ham sezilarli zarbalarni yo‘llashni boshladi. 9-raundning ikkinchi yarmi ham qozog‘istonlik bokschi hisobiga yozildi.

So‘nggi raundlar o‘rtacha tempda o‘tdi. Hakamlar bir ovozdan Alvaresning g‘alabasini qayd etdi.

Shu tariqa Saul WBC, WBO, WBA va IBF kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

«Kanelo» va «GGG» o‘rtasidagi dastlabki jang 2017 yil 16 sentyabrida tashkil etilgan, unda durang qayd etilgan. 2018 yil 15 sentyabrda bo‘lib o‘tgan ikkinchi jang esa meksikalikning g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:41, 18.09.2022.
O'qildi: 2906 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.