Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

«Xavi-boll» yoxud yangi «Barselona» haqida (1-qism)

«Xavi-boll» yoxud yangi «Barselona» haqida (1-qism)

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum "Barselona" uchun so‘nggi yigirma yillikdagi eng yomoni bo‘ldi. Bu mavsumni muxlislar hali beri unuta olmasalar kerak. "Barselona"ning dahshatli startidan so‘ng Laporta Kumanni iste’foga chiqarishga majbur bo‘ldi. Aslini olib qaraganda, niderlandiyalik mutaxassis — yomon murabbiy emas. Shunchaki, kaltak uning boshida sindi. Uning muvaffaqiyatsiz boshqaruvini bir qancha omillar bilan izohlash mumkin, lekin maqola u haqida emas.

Qachonki, jamoaning afsonasi bo‘lmish futbolchi, murabbiy sifatida o‘sha jamoaga qaytsa, bu ko‘p hollarda yaxshi natija beradi. Pep Gvardiola, Zidan, Arteta, Luis Enrike va hokazo. Xavi shu qatordan joy olishiga Laporta ham muxlislar ham ishondilar. Aslida, Kuman ham, jamoa afsonasi edi, lekin nega yana Laporta shu ishini takrorladi?

Sababi, Xavi Qatarda bir necha sovrinlarni qo‘lga kiritish orqali murabbiy sifatida ham o‘sganini isbotlay olgandi. Uning "As-Sadd" jamoasidagi o‘yin uslubi 2009-2010 yillardagi "Barselona"ni eslatar edi. Laporta aynan Xavi orqali yana o‘sha dahshatli "Barselona"ni qurmoqchi bo‘ldi. Xavi kelgach muxlislar biroz tin oldilar. U kelguniga qadar muxlislar anchagina asab tolalaridan ajraganlari bor gap.

Ispaniyalik mutaxassis o‘zi uchun eng qulay vaqtda jamoaga keldi. Uning misoli xuddi o‘yin so‘nggida, hamma narsa hal bo‘lgandan keyin maydonga tushirilgan yosh futbolchi kabidir. Ya’ni undan bu o‘yinda hech nima talab qilinmaydi, yosh futbolchidan istalgan yagona narsa – u tajriba oshirishi, katta o‘yinlarning taftini his qilishi va shu orqali kelajakda meva berishi bo‘ladi. Xavi holati ham shunday. U jar yoqasidagi klubga keldi. Klub anchagina pastga sho‘ng‘ib ketgan va katta ehtimol bilan mavsumni quruq qo‘l bilan yakunlashi aniq edi.

Ispaniyalik iste’dod egasi o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlash uchun maksimum harakat qildi. Endilikda Kataloniya jamoasi tavakkaliga to‘pni jarima maydonchasiga uzatish, himoyada tartibsiz o‘ynash, futbolchilardagi ruhiy tushkunlik va yana shu kabi bir qator illatlardan xalos bo‘lgan edi. Xavi qurgan jamoa tartibli himoyalanar, hujumlarini kreativroq uyushtirar, maydon markazini to‘laligicha o‘ziniki qilib olish orqali o‘yinni nazorat qilar edi. U kelgach futbolchilarning ko‘zida shasht uyg‘ondi, qadamlaridan o‘t chaqnay boshladi. Gavi, Dembele, Arauxo kabi futbolchilar Xavi qo‘l ostida katta o‘sishga erishdilar. Aynan uning g‘oyasi orqali jamoa "Real Madrid" va "Atletiko Madrid" kabi grand jamoalarga qarshi to‘rttalab gollar ura oldi. Hamma xursand, hamma baxtli. Mavsum shu tempda yakunlanadigandek edi. Ammo...

Mavsumning oxiriga kelib jamoa muxlislarini yana ranjita boshladi. Undagi futbolchilar qanchalik iste’dodli bo‘lmasin, baribir ularga tajriba yetishmas edi. "Barselona"da yaqqol bir yetakchi yo‘q, udar yakdil bir jamoa sifatida yaxshi ko‘rinar edi. Agarda o‘yinni avvalida gol urib olmasa, yelkadagi mas’uliyat yanada og‘irlashar, bu og‘irlashish esa yosh "Barselona"ni ezib qo‘yar edi. Agar jamoa birinchi bo‘lib to‘p o‘tkazsa, o‘yinga qaytishi yanada qiyinlashar edi. Tan olish kerakki, Buskets, Alba, Pike kabi qariyalarning hech birida "jangchilik sifati" yo‘q, agarda o‘yinni jonlantirish kerak bo‘lsa Xavi zaxiradan yangi kuchni maydonga tushirishga to‘g‘ri kelardi. Aksiga olib, jamoadagi iqtisodiy inqiroz sababli uning zahirasida ham o‘yinga jon qo‘shadigan futbolchi topilmas edi.

Mavsumning oxirida uyg‘ongan umid "Barselona"ning bo‘yniga kattagina mas’uliyatni osib qoydi. Bungacha yayrab top surayotgan "Barselona" ochko yig‘ish uchun o‘ynay boshlagan, endilikda iloji boricha xato qilmaslikka harakat qilar edi. Bu bosim "Barselona"dagi nuqsonlarni ochib berdi. Bu nuqsonlarni esa, kattaroq, tajribaliroq va sifatliroq futbolchilar orqali yopish darkor degan xulasaga kelindi. Ha, kasallikka to‘g‘ri tashhis qoyildi. "Xavi-boll" natija berishi uchun yana ham yaxshriroq "masalliqlar" lozim edi...

Ermon buva.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:48, 18.09.2022.
O'qildi: 3724 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.