Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Luisma Ernandes: "Futbolchilarimning o‘yinga munosabatidan xursandman"

Luisma Ernandes: "Futbolchilarimning o‘yinga munosabatidan xursandman"

Baho:
+ | -

"Metallurg" bosh murabbiyi Luisma Ernandes Coca Cola Superligasining 19-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona"ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Birinchi navbatda jamoamni, muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘tgan haftadagi mag‘lubiyatdan keyin qattiq mehnat qildik. To‘g‘ri, "Paxtakor"ga yaxshi o‘ynab yutqazib qo‘ydik. Futbolchilarimning o‘yinga bo‘lgan munosabatidan xursandman. O‘tgan o‘yindagi xatolarni aytadigan bo‘lsam, hamma xato qiladi. Buni to‘g‘rilash uchun zamonaviy texnologiyalar yordamga kelishi lozim. Bugun aynan VARning faoliyat olib borishi qanchalik zarur ekanligini barcha ko‘rdi. Albatta raqibga ham bugungi o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular OFK kubogi musobaqasida, chempionat va mamlakat kubogi o‘yinlarida ko‘p kuch yo‘qotishdi. To‘g‘ri tushunamiz. G‘alabani jamoamiz bilan ko‘tarinki ruhda nishonlaymiz.

— Yoshlarga qo‘rqmasdan ishonch bildirayotganingiz "Metallurg"ning uslubi o‘zgarayotganidan darakmi?
—  Sezgan bo‘lsangiz, davralar oralig‘idagi transfer siyosatimiz shu yo‘nalishga qaratildi. Kelajakda oldimizga qo‘ygan maqsadimiz raqobatbardosh, yosh jamoani shakllantirish. Shuningdek, yoshi katta futbolchilarga ham eshigimiz ochiq. Lobanov, Bekmurodov, Ortiqov kabi tajribali futbolchilar xizmatidan foydalanayotganimiz fikrimizni asoslaydi. Hozir jamoamizda yosh uyg‘unligi bo‘yicha yaxshi muvozanat yuzaga kelgan.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 06:48, 19.09.2022.
O'qildi: 1158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.