Mbappe terma jamoaning homiylar bilan suratga tushishidan bosh tortdi. Uning fikri inobatga olindi va federasiya imidj huquqlari bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.
Futbolchi bir necha oy davom etgan kurashda g‘alaba qozonganga o‘xshaydi.
Kilian Mbappe seshanba kuni Fransiya futbol federasiyasi (FFF) bilan mojaroni kuchaytirib, milliy terma jamoaning homiylar (jumladan, Coca-Cola, Uber Eats va KFC) bilan hamkorlik qilishiga qarshi ekanini aytdi va fotosessiya jarayonlaridan bosh tortdi. Kilianga ba’zi terma jamoa futbolchilarining surati boshqalardan ko‘ra ko‘proq qo‘llanilishi yoqmayapti. U o‘zi reklama qilayotgan brendlarda ham o‘z so‘zini aytishni istaydi.
“Mbappe federasiya futbolchining imidjiga oid konvensiyaga o‘zgartirish kiritmoqchi bo‘ldi va Fransiya terma jamoasi uchun rejalashtirilgan fotosessiyadan voz kechishga qaror qildi”, — deydi Goal.com. U va uning vakillari jahon chempionati oldidan maxsus kelishuvga erisha olinmaganidan chuqur afsusda.
2022 yilgi jahon chempionati oldidan federasiya o‘zining asosiy yulduziga yon bosgan holda uning talablarini bajarishga harakat qilib ko‘radi. “Fransiya futbol federasiyasi rahbarlari, uning prezidenti, bosh murabbiyi va marketing menejeri o‘rtasidagi yakuniy fikr almashishdan so‘ng, FFF buni o‘z zimmasiga oladi, imkon qadar tezroq o‘yinchilarning imidj huquqlari bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilinyapti.
FFF futbolchilar tomonidan bir ovozdan bildirilgan haqli e’tirozlarni inobatga olgan holda, futbolchilarning manfaatlariga xizmat qilish imkonini beruvchi yangi kelishuv ustida ish boshlashni intiqlik bilan kutmoqda.
Mbappe uzoq vaqtdan beri o‘z huquqlarini mustaqil nazorat qilish uchun kurashib keladi: u bu yo‘lda terma jamoani ham, "PSJ"ni ham chetlab o‘tishga tayyor. Kilianning federasiyaga da’volari haqida ma’lumot mart oyida paydo bo‘lgan edi: o‘shanda hujumchi homiylar nazorati ostidagi milliy terma jamoa o‘yinchilari uchun majburiy bo‘lgan tadbirlarga kelmagan. RMC Sport nashrining yozishicha, bu futbolchining oilasi, uning advokati va Fransiya futbol federasiyasi o‘rtasidagi bir necha oy davom etgan muvaffaqiyatsiz muzokaralar tufayli sodir bo‘lgan.
Le Parisien nashrining yozishicha, Mbappe bukmekerlik kompaniyalari va tez tayyorlanadigan taomlarni reklama qilishni istamaydi. Milliy terma jamoaga kelsak, bu Betclic, KFC va Coca Cola bukmekerlik kontorlari tasarrufidan chiqishni anglatadi. Mbappe shunchaki semizlikka olib keladigan mahsulotlar bilan bog‘lanishni istamaydi xolos va bu futbolchining o‘ziga xos ijobiy pozisiyasini ko‘rsatmoqda. U bularni yosh muxlislar uchun xavfli deb hisoblaydi.
Janubiy Afrikadagi jahon chempionatidan so‘ng federasiya prezidenti Noel Le Gre yirik turnirlardan tashqari o‘yinchilar uchun bonus tizimini ham bekor qildi: buning o‘rniga federasiya ularga homiylardan pul to‘lab beradi. Har bir futbolchi taxminan bir xil miqdorni oladi - har bir kolleksiya uchun o‘rtacha 20 dan 25 ming yevrogacha bo‘lgan mablag‘ ko‘rinishida.
Kilian terma jamoa o‘yinchilarining imidj huquqiga oid qoidalarga (shartnomalar 2010 yilda imzolangan) o‘zgartirishlar kiritishni va futbolchilar endi shaxsiy shartnomalari bo‘lmagan homiylarni reklama qilishlari shart emasligini kutmoqda.
Klub tanlashda imij huquqi masalasi ham bu yilgi bahorda asosiy masalalardan biri bo‘ldi. Raqamlarga to‘xtalsak, o‘tgan mavsumda Kilian imidj huquqi bo‘yicha taxminan 40 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan edi, kelgusi yillarda esa bu miqdor 70 milliongacha oshishi mumkin.
2017 yilning yozida Mbappe «PSJ»ga o‘tganida, u barcha imidj huquqlarini klubga bergan edi. Ammo vaqt o‘tishi bilan futbolchining ishtahasi ortib bordi: Kilian hamma narsani o‘zi nazorat qilmoqchi bo‘ldi - masalan, Lionel Messi kabi. Qayd etilishicha, «PSJ» shartnomani qayta imzolashda Mbappening shartlariga rozi bo‘lishga tayyor. AS nashri bu fransiyalik futbolchining "Real" bilan muzokaralariga ta’sir qilishi mumkinligini yozgan. Gap shundaki, Madrid klubi reklama huquqlarini teng ulushlarda - har bir taraf uchun 50 foizdan bo‘lishmoqchi edi. To‘liq huquqlar odatda futbolchilarga berilmaydi.
Mbappe qanday qilib "PSJ" bilan kelishganini aytish qiyin. RMCning yozishicha, parijliklar futbolchiga eng qulay shart-sharoitlarni taklif qilishgan bo‘lsa-da, baribir unga 100%lik imidj huquqini berishmagan.
Kilianning o‘zi klub prezidenti Al-Xelayfi bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bu pozisiyani quyidagicha izohladi: "Futbol o‘zgarganini hammangiz bilasiz. Bizning nomimizga boshqacha ko‘z bilan qarash va uning naqadar muhimligini tushunish uchun bizga reklamalarning to‘liq huquqini berishlari shart, futbolga o‘zgartirish kiritish uchun yangi vaqt keldi. Men ko‘p narsa so‘ramayman. Mening karyeram bor va men uni o‘zim mos deb bilgandek boshqarishni xohlayman. Men himoya qilmoqchi bo‘lgan qadriyatlarimni toptalishini istamayman", — deydi Mbappe.